Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyada amaliyot, diplom va ish – endi Marg‘ilonda!

Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi va Germaniyaning Saksoniya iqtisodiyot ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik doirasida texnikum o‘quvchilari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Endilikda texnikumda tahsil olayotgan yoshlar:
🔹Yozgi ta’til davrida Germaniyada amaliyot o‘tashlari,
🔹Texnikumni tamomlaganlaridan so‘ng esa Germaniyada tan olinadigan diplomga ega bo‘lishlari mumkin.


📌Bundan tashqari, Germaniyada ular bilan shartnoma asosida kafolatlangan ish o‘rinlari ta’minlanadi.

Til o‘rganish va Germaniyaga borish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hamkor tashkilot tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

Bu esa yoshlarimizga xalqaro tajriba orttirish va kelajakda xorijda ishlash imkonini beradi.

Murojaat uchun: +998916790639

#Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍13🔥1
🌟🌟🌟🌟🌟

“TalabaExpo–2025” Namanganda: 11 ming nafarga yaqin bitiruvchini jamlagan yirik ko‘rgazma boshlandi

Namangan shahrida bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bugun o‘z ishini boshladi.

“Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining 10 867 nafar bitiruvchi talabalari qatnashmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga 240 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 1500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni, startap va innovatsion loyihalar, kredit dasturlari, moliyaviy maslahatlar, kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar, ish beruvchi tashkilotlar va institutlar taqdimotlari taklif etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/76212

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2025 #Namangan #Bandlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍8🔥3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Clean Water” ekspeditsiyasi doirasida Paxtakor muzligiga ilk ilmiy ekspeditsiya amalga oshirildi

O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Germaniya ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan uyushtirilgan “Clean Water“ ekspeditsiyasi ishtirokchilari O‘zbekistondagi eng katta Paxtakor muzligiga ilmiy ekspeditsiyani amalga oshirdilar.

Joriy yilning 27-iyuldan 1-avgustiga qadar davom etgan ekspeditsiya davomida olimlar ilk bor muzlikning akkumulyatsiya, ya’ni qor to‘planish zonasiga yetib bordilar. Hali hech bir inson qadami yetmagan mazkur manzilda qorning zichligi va qalinligi o‘rganildi. Natijada butun dunyo ilmiy hamjamiyati uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur ilmiy ekspeditsiya O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosarining 2024-yil 22-noyabrdagi “Markaziy Osiyo mintaqasi tog‘ tizmalaridagi muzliklar holatini o‘rganishga qaratilgan Harakatlar rejasi“ning tegishli bandlari asosida qo‘shma fundamental loyihalar doirasida 2025-2026-yillar uchun Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari hududidagi tog‘ muzliklariga glyatsiologik ekspeditsiyalarni muntazam tashkil etish vazifasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍6👏2
#Dayjest #Markaz

Talabalarni turar joy bilan taʼminlashda navbatlar va sarsongarchiliklarning oldini olish, talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish, ularni munosib va xavfsiz yashash sharoiti bilan taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida maxsus markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.


🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🔹Namangan davlat universiteti;

🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitet;

🔹Guliston davlat universiteti;

🔹Urganch davlat pedagogika instituti;

🔹Urganch davlat universiteti;

🔹Namangan davlat pedagogika instituti;

🔹Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti;

🔹Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

🔹O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔹O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

🔹Termiz davlat universiteti;

🔹O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti;

🔹Farg‘ona davlat universiteti;

🔹Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🔹Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

🔹Qoʻqon davlat universiteti;

🔹Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti;

🔹O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍8🔥4👏2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“TalabaExpo – 2025”da 1 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda

Namangan shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi davom etmoqda.

Tadbirda 1500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan 240 ta yirik ish beruvchilar va tijorat banklari, 11 ming nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2025 #Namangan #Bandlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍4👏2
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi belgilandi

2025-yil 6-avgustdagi Hukumat qarori bilan “O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

📌Nizomga ko‘ra, davlat akkreditatsiyasi quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:
➡️1-bosqich – arizani rasmiylashtirish;
➡️2-bosqich – taʼlim sifatini ichki baholash;
➡️3-bosqich – taʼlim sifatini tashqi baholash;
➡️4-bosqich – yakuniy qaror qabul qilish.

Taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha arizalar har yili 1-oktabrdan 31-yanvargacha qabul qilinadi. Bu kelgusi o‘quv yilidan faoliyat boshlamoqchi bo‘lgan dasturlar uchun mo‘ljallangan.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▪️litsenziya yoki yuridik shaxs guvohnomasi nusxasi;
▪️yig‘im to‘langanligi haqidagi maʼlumotnoma;
▪️jarayonlarga biriktirilgan masʼul xodim haqida maʼlumot.

📌Arizalar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Agar taʼlim dasturi akkreditatsiyadan o‘tgan deb topilsa, 1 hafta muddatda sertifikat beriladi va kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍2🔥1