Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#magistratura2025

⚡️11–12-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin


✅ 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.


🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa) sabablarga koʻra rad etilgan.

⭐️Shuni inobatga olib, my.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 11–12-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

❌Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤18🔥7🤩3🤔2
#Eʼlon #Tanlov #Vakansiya #Kasbiy_taʼlim

📣 Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 34 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

🗓Hujjatlar 2025-yil 17-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👍11🔥2🎉1
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

#oʻqishni_koʻchirish #kasbiy_ijodiy_imtihon #ruxsatnoma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤47👍12🔥3
Edu.uz pinned a photo
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim

2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.

▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 114 ta (shundan 66 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 102 194 ta (49 234 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 2 250 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 38 670 ta (17 250 ta davlat granti).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤48👍15🔥4😁4🎉3
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi (video)

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish ahamiyati, unda ko‘tarilgan masalalar, berilgan topshiriqlar “O‘zbekiston24” telekanalida tahlil qilindi.

#Prezident #bandlik #bitiruvchi #vazifalar #tahlilnoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍5😁1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

🏛 IQAC tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkil etilayotgan Britaniya dasturlariga qabul davom etmoqda!

🎓 Talabalar Britaniya standardlari asosida o‘qitilib, yakunda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining, shuningdek Angliyadagi hamkor universitetning diplomini olish imkoniga ham ega bo‘ladilar.

⚫️Yo‘nalishlar:
- Biznes boshqaruvi
- IT
(Cybersecurity, Data Science, AI)
- Arxitektura


✔️Darajalar: Bakalavriat va magistratura

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998712002024 |✈️@iqacuz_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🔥4👍3
#SoʻraganEdingiz

SAVOL: 2023-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistraturasiga A1 darajadagi ingliz tili sertifikati bilan qabul qilinganmiz. O‘qish davomida B2 olish talabi qo‘yilgan edi. Prezidentning 2024-yildagi yangi hujjatiga ko‘ra B1 sertifikatimiz bilan shu yili himoyaga ruxsat beriladimi?


✔️JAVOB: Yo‘q. Yangi tartib 2024-yil 24-maydan keyin magistraturaga qabul qilinganlarga tatbiq etiladi, shuning uchun 2023-yilda kirganlarga eski talablar B2 sertifikat sharti amal qilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/76929

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😁26❤9👍5🔥2
4️⃣4️⃣4️⃣

💥 QVZning navbatdagi mavsumiga BUYURTMALAR qabul qilish boshlandi!

😃Qatnashish istagidagi jamoalarga qo‘yiladigan barcha talablar (pdf formatida) va buyurtma namunasi (word formatida) bu yerda:

➡️Talablar: https://t.me/qvz_uz/3959
➡️Namuna: https://t.me/qvz_uz/3960

Murojaat uchun:
☎️ +99893-547-09-09

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5🔥3🤔2
#Bitiruvchi_2025

Turan xalqaro universiteti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi


Turan xalqaro universitetida 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilariga davlat namunasi asosidagi diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda viloyat hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbarlari ishtirok etdi.

Joriy yilda universitetni 32 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 23 nafari “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat yo‘nalishi, 9 nafari esa “Lingvistika” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi. Bitiruvchilarning 85 foizi ish bilan ta’minlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍8👏2🔥1
#Dayjest #Markaz

Talabalarni turar joy bilan taʼminlashda navbatlar va sarsongarchiliklarning oldini olish, talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish, ularni munosib va xavfsiz yashash sharoiti bilan taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida maxsus markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

🔹TKTI Yangiyer filiali;

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔹Jizzax politexnika instituti;

🔹Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti ;

🔹TATU Samarqand filiali;

🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔹Buxoro davlat texnika universiteti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👏4🔥3
Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya jarayoni 12–14-avgust kunlari o‘tkaziladi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali (shaxsiy kabinetidan) elektron shaklda apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2025-yil 12-avgustdan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.

Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari shart.

Eslatma: Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.

#apellyatsiya #qabul2025 #akademik_litsey

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1❤32👍12😱3🎉1
✅#Olimlar_minbari
#04-10.08.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Global adolat va integratsiya” — Fazliddin MOʻMINOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi;

“Sea breeze Uzbekistan” – manipulyatsiya uchun mavzu emas, yoxud mening “nahotkilarim” — Sherzodxon QUDRATXOʻJA, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor;

«К широким горизонтам, высоким мечтам и великим рубежам» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

“Oliy taʼlim va mehnat bozoridagi tafovut, uni bartaraf etishning eng maqbul yoʻli qaysi?” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

«Sea breeze - не тема для манипуляций» — Шерзодхон КУДРАТХОДЖА, ректор Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана, профессор;

“Yaxshi qoʻshnichilik, mintaqaviy birdamlik aloqalari yangi bosqichda” — Bahodir MAʼMUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Jadid bobolarimiz orzu qilgan kunlar” — Abdugʻaffor JOʻRAYEV, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori, professor;

“Oliy taʼlim va mehnat bozori oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik bitiruvchilarni ishga joylashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro nordik universiteti rektori, professor;

“Ilm – navqiron avlodga kundalik zarurat” — Ilhom MAMATQULOV, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori;

“Tafakkur mustaqilligi istiqlol shodiyonasi arafasidagi oʻylar” — Nozliya NORMURODOVA, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, professor;

«Центр притяжения для стартапов и технологий» — Гулчехра ЮСУПХОДЖАЕВА, профессор Ташкентского государственного технического университета;

“Mahalliy kengashlar faoliyati rivojidagi zarur hujjat” — Shuhrat FAYZIYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Связующее звено между населением и государством» — Базарбай БЕРКИНОВ, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

«Просчитать тонкости маршрута» — Дилором КОСИМОВА, профессор кафедры Ташкентского государственного экономического университета;

“Yangi Oʻzbekistonning maʼrifiy siyosatiga chizgilar” — Shopoʻlat SHAYDULLAYEV, Termiz davlat universiteti kafedra mudiri;

«Инновации, стартапы и наука: как молодежь формирует устойчивое будущее» — Феруза АБДУЛЛАЕВА, УзГУМЯ доктор философии (PhD), доцент.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi uch yilda “Inno” texnoparki rezidentlari tomonidan 23 ta innovatsion loyiha ishlab chiqildi

2022-yilda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Toshkent shahrida faoliyat boshlagan “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida so‘nggi uch yil davomida 21 nafar rezident tomonidan jami 23 ta innovatsion loyiha ishlab chiqildi.

Texnopark yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalarini rivojlantirish, ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Mazkur faoliyat va erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston 24” telekanali tayyorlagan “Ortga qaytmas islohotlar” loyihasining navbatdagi sonida tomosha qilishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍4🎉2