Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#yoshlar_bilan_uchrashuv

“Stipendium Hungaricum” dasturining 2025/2026-o‘quv yilgi stipendiatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Vengriya Hukumati stipendiyalari (“Stipendium Hungaricum”) dasturi doirasida 2025/2026-o‘quv yilida Vengriya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja, tanlov komissiyasi a’zolari hamda stipendiatlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda mamlakatimiz uchun xorijda malakali kadrlar tayyorlashning ustuvor maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berildi, chet elda ta’lim olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha talabalarga zarur tavsiyalar taqdim etildi. Shuningdek, mazkur uchrashuv davomida stipendiat-tengdoshlari bilan o‘zaro yaqindan tanishish, jonli muloqot qilish va tengdoshlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Hashar davomida volontyor yoshlar ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar hamda kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olinadi. Shuningdek, ularning uy-joylari atrofi obodonlashtirilishida ko‘mak ko‘rsatiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️Yangi o‘quv yilida talabalar turar joylari: qulaylik va imkoniyatlar

🤖Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari jadal davom etmoqda. Talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ularning ta’lim olishi va yashashini qulay tashkil etish maqsadida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

🤖Xususan, universitet tasarrufidagi talabalar turar joylarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borildi. Yashash xonalari ko‘zdan kechirilib, talabalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, o‘z iqtidor va qiziqishlarini rivojlantirishlari uchun yotoqxonalarda turli yo‘nalishlarda tashkil etilgan to‘garaklar, nafaqat, talabalarning ijodiy va sport salohiyatini oshirish, balki ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham yetuk shaxs bo‘lib kamol topishlariga xizmat qiladi.

🤖Urganch davlat universitetida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash va talabalar uchun munosib yashash hamda o‘qish muhitini yaratish doimo ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Urganch davlat universitetida 3720 sigʻimga ega jami 9 ta talabalar turar joyi kompleksi mavjud. Ushbu videorolik universitetning asosiy hududida joylashgan talabalar turar joylari misolida tayyorlandi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍6🔥5
#Qabul2025

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2025-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍7🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GinnesRekordi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, tarixiy natijaga erishgan unutilmas lahzalar


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤64👍51🔥17👏5
3️⃣3️⃣3️⃣ 3️⃣3️⃣3️⃣ 3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣

📇 👨‍💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul

💡 Hurmatli 3-bosqich talabasi! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!

🎯Sun’iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassiligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni hohlasangiz unda siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun'iy intellektni egallang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan “chavandoz”ga aylaning!

🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!

📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;

🧑‍💻Moddiy texnik ta’minot:
⌨️noutbuk;
🌐internet ;
📖darsliklar;
⚙️amaliyotchi mutaxassislar darslari.

📊 Kursda:
🗄 “Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

🗓 Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 31-avgust soat 23:59 gacha

🗺 Ariza topshirish: faqat onlayn!
🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring!

💼 Hujjatlar (pdf formatda):

⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
⏺ Transkript (GPA);
⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis);
⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin):
⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa);
⏺ Portfolio.


↗️ Tanlov bosqichlari:

✔️ Hujjatlarni baholash (online – taqdim etilgan hujjat asosida);
✔️ IQ test (xorijiy vendor yordamida – online);
✔️ Informatika va matematika bo‘yicha imtihon (offline);
✔️ Suhbat va taqdimot (offline).


BAHOLASH MEZONLARINI KO‘RISH


💬 Aloqa uchun: +998 97 177 20 22

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
➖➖➖

Вниманию абитуриентов, рекомендованных к обучению!

В настоящее время завершены работы по внесению данных рекомендованных к обучению абитуриентов в информационную систему по студенческим общежитиям

Отныне студенты первых курсов могут подать электронное заявление о размещении в студенческих общежитиях государственных высших образовательных учреждений через Центр государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.
➖➖➖

To the attention of applicants recommended for study!

At present, work has been completed on entering the data of applicants recommended for training into the information system for student dormitories

From now on, first-year students can submit an electronic application for accommodation in student dormitories of state higher educational institutions through the Center for Public Services or the Single Portal of Interactive Public Services - my.gov.uz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍13🔥5
#Memorandum

Talabalar innovatsion rivojlanish sari: yangi memorandum imzolandi


“Inno Texnopark” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki va Qarshi davlat texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat talaba-yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etishga xizmat qiladi.

Memorandumni QDTU rektori Sherzod Ne’matov va Texnopark bosh direktori Mansurbek Sultonov imzoladilar. Tadbirda talabalar texnoparkning ishlab chiqarish zonalari, robototexnika bo‘limi hamda zamonaviy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/79597

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍10🔥3😁2