Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest #Umumxalq_hashari

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida barcha oliy ta’lim muassasalarida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda

🔹O‘zbekiston Milliy universiteti;

🔹Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

🔹O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔹Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔹Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

🔹Namangan davlat pedagogika instituti;

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔹Guliston davlat pedagogika instituti;

🔹Urganch davlat pedagogika instituti;

🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

🔹TDTU Olmaliq filiali;

🔹Jizzax politexnika instituti;

🔹Termiz davlat universiteti;

🔹Qarshi davlat texnika universiteti;

🔹Andijon davlat chet tillari instituti;

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🔹Qoraqalpoq davlat universiteti;

🔹Qarshi davlat universiteti;

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti;

🔹 Andijon davlat universiteti;

🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔹O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔹Nukus davlat texnika universiteti;

🔹Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

🔹Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

🔹OʻzDXA Urganch filiali;

🔹Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹Samarqand davlat chet tillar instituti;

🔹 Toshkent davlat agrar universiteti;

🔹Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

🔹Nukus davlat texnika universiteti;

🔹Andijon davlat pedagogika instituti;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

🔹Turon universiteti;

🔹O‘zMU Jizzax filiali;

🔹Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti;

🔹Toshkent farmatsevtika instituti;

🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti;

🔹“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍8🔥5
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:

➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;

➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤142👍44🔥24😱20🥰8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟

Sirdaryoda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 500 nafarga yaqin talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi


22-avgust kuni Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi binosida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun keng ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbir “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘tkazildi.

Ko‘rgazma doirasida 100 dan ortiq ish beruvchi korxona tomonidan 700 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining qariyb 3 ming nafari ishtirok etdi. Ularning 1 100 nafari ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 500 nafarga yaqin talaba aniq ish o‘rni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, 27 nafar talabaning biznes loyihalari taqdimoti o‘tkazilib, istiqbolli g‘oyalar mualliflariga imtiyozli kreditlar ajratildi va ular tadbirkorlikka yo‘naltirildi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/80304

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍4😁3🔥1
#IqtisodiyOʻqish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi iqtisodiy o‘qish tashkil etildi


22-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi. Tadbir vazirlik binosining katta majlislar zalida onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.

Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shaxrux Daliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

O‘qish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF–49-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son va 2025-yil 29-apreldagi 282-son qarorlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/80308

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤32👍10🔥5
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba va ota-onalar ogohlantirildi

Yangi o‘quv yili arafasida poytaxtga turli hududlardan kelayotgan talabalar va ularning qarindoshlari turli firibgarlik holatlariga duch kelmoqda. Eng ko‘p hollarda firibgarlar internetda arzon kvartira ijarasi haqida e’lon berib, odamlarni chalg‘itadi.

Firibgarlik sxemasi:

➡️Firibgarlar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan kvartira suratlarini joylab, uni arzon narxda ijaraga taklif qiladi.
➡️Talabalar yoki ota-onalar qiziqib, ular bilan bog‘lanadi.
➡️So‘ngra firibgarlar “bron qilish” yoki ikki oylik ijara uchun oldindan pul to‘lashni talab qiladi.
➡️Pul olingach, firibgarlar aloqani uzadi va qurbonlarni bloklaydi. Natijada na kvartira, na pul qoladi.

IIBB tavsiyalari:

↪️Kvartirani shaxsan ko‘rmasdan oldindan pul o‘tkazmaslik;
↪️Faqat uy egasi bilan uchrashib, ijara shartnomasini tuzish;
↪️Ishonchliligi tasdiqlanmaguncha begona odamlarga shaxsiy ma’lumotlarni yubormaslik.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤43👍18🔥3