Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Andijon davlat texnika institutiga yangi rektor tanishtirildi

27-avgust kuni Andijon davlat texnika institutida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimligi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq texnika fanlari doktori, professor Turdialiyev Umid Muxtoraliyevich Andijon davlat texnika instituti rektori lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi vazifalarning ijrosi muhokama qilindi. Institutdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, istiqboldagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashdilar.

#AndDTI #Tanishtiruv #Tayinlov

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤16🔥4😱1
#Kasbiy_taʼlim #Avgust_kengashlari

Kasbiy taʼlim tashkilotlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Avgust kengashlari yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda

Respublikamizdagi kasbiy taʼlim tashkilotlarida 2025/2026-oʻquv yiliga tayyorgarligini taʼminlash, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish maqsadida Avgust kengashlarining sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari tashkil etilmoqda.

Unda mahalliy hokimlik, xalqaro loyihalar, ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari, kasbiy taʼlim tashkilotlar rahbar va pedagoglari, shuningdek, “YUNESKO”, “Helvetas”, “Sparkasse”, Daryo loyihalari doirasida trener-pedagoglari o‘z taqdimotlari hamda xalqaro loyihalar ekspertlari maʼruzalari qatnashmoqda.

➖ Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida Aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari sho‘basi yig‘ilishi o‘tkazilib, matematika, fizika, kimyo fanlari bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashildi, yangi dastur va darsliklardagi yangiliklar tushuntirildi, STEAM yondashuvi hamda innovatsion metodlar muhokama qilindi.

➖ Toshkent tuman 1-son politexnikumida ijtimoiy-gumanitar fan o‘qituvchilari ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlar, attestatsiya va malaka oshirish jarayonlari, elektron jurnal yuritishdagi muammolar va yechimlar muhokama qilindi.

➖ Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida kasbiy ta’lim tashkiloti direktorlari uchun Avgust seminari o‘tkazilib, yalpi yig‘ilish ma’ruzalari tinglandi va rahbarlar tomonidan takliflar bildirildi.

➖ To‘raqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kasbiy ta’limdagi yangi normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

➖ Toshkent shahar Shayxontohur tuman politexnikumida harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik va jismoniy tarbiya rahbarlari sho‘ba yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, yoshlarni bilim olishga qiziqtirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.

➖ Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida sog‘liqni saqlash, ijtimoiy taʼminot fanlari o‘qituvchilari uchun Avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishlarda faol o‘qituvchilar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yosh kadrlar uchun metodik tavsiyalar berdilar.

Shu tarzda, Avgust kengashining sho‘ba yig‘ilishlari yangi 2025/2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤10🔥1😁1
#XalqaroHamkorlik

Amerika universitetlari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

27-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Arizona davlat universiteti (AQSH) hamda Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Uchrashuvda Arizona davlat universitetining Global akademik tashabbuslar bo‘yicha vitse-prezidenti doktor Juliya Rouzen, shuningdek Toshkent shahridagi ATU rahbariyati ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81474

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5🔥1