Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
⚡️Texnikumlarda yangi o‘quv yili 3-sentabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha 2- va 3-kurs oʻquvchilari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentabrdan boshlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤36👍18🤔9🎉6🔥2
#TalabaExpo_2025 #Jizzax

“TalabaExpo-2025”: Bitiruvchilar 917 ta bo‘sh ish o‘rinlariga tavsiya etildi


28-avgust kuni Jizzax shahridagi Jizzax davlat pedagogika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Jizzax viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yirik “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir “Kelajakka qadam” dasturi hamda “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘tkazilib, unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining qariyb 6 ming nafarga yaqin bitiruvchi talaba ishtirok etdi. 130 dan ortiq ish beruvchi korxona tomonidan 917 ta bo‘sh ish o‘rinlariga bituvchilar tavsiya etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81876

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍9😁4👏3🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

Kechqurun davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍4🔥3😱2
Oliy ta’lim tizimida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

28-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash masalalari ko‘rib chiqildi.

Dastlab yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot tinglandi. Ta’kidlanishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab 1–3-kurslar ta’lim dasturlari xalqaro TOP-300 reytingli universitetlar dasturlari asosida takomillashtiriladi.

Shuningdek, bakalavriatning 18 yo‘nalishi va magistraturaning 14 mutaxassisligi bo‘yicha yagona o‘quv-me’yoriy hujjatlar joriy etiladi. Kredit ta’limi tizimida esa “Kredit haftasi” amaliyoti joriy qilinib, talabalarning bilim olish jarayoni xalqaro tajriba asosida tashkil etiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81877

#yigʻilish #hayʼat #vazir #ustuvor_vazifalar


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9🔥1