Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤29👍4🔥3😱2
Oliy ta’lim tizimida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
28-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash masalalari ko‘rib chiqildi.
Dastlab yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot tinglandi. Ta’kidlanishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab 1–3-kurslar ta’lim dasturlari xalqaro TOP-300 reytingli universitetlar dasturlari asosida takomillashtiriladi.
Shuningdek, bakalavriatning 18 yo‘nalishi va magistraturaning 14 mutaxassisligi bo‘yicha yagona o‘quv-me’yoriy hujjatlar joriy etiladi. Kredit ta’limi tizimida esa “Kredit haftasi” amaliyoti joriy qilinib, talabalarning bilim olish jarayoni xalqaro tajriba asosida tashkil etiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81877
#yigʻilish #hayʼat #vazir #ustuvor_vazifalar

❤20👍9🔥1
Texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlariga qabul bo‘yicha imtihonlar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-son Farmoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi 14 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Shu maqsadda 9-sinf bitiruvchilari uchun saralash imtihonlari tashkil etildi. Jarayonlarda 600 nafardan ortiq ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Imtihonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali bevosita translyatsiya qilinib, OAVda keng yoritildi.
Ma’lumot uchun, texnikumlarda joriy etilayotgan “Pearson Education Limited” kompaniyasining BTEC xalqaro dasturlari amaliy va loyihaga asoslangan o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlar 70 dan ortiq davlatlarda tan olinadigan xalqaro kvalifikatsiyaga ega bo‘ladilar.

❤30👍8🔥4