Forwarded from Bilimni baholash agentligi
Professional ta'lim muassasalariga (tibbiyot texnikumlari) tanlov natijalari
⚡️Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazildi.
📝 Abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballaridan kelib chiqib, o‘z tanloviga ko‘ra dastlab oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tanlovida ishtirok etdilar.
📆 Oxirgi bosqichda abituriyentlar 2025-yil 28-avgustga qadar tibbiyot texnikumlarini tanladilar.
📊 Tibbiyot texnikumlariga talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganlik bo‘yicha yakuniy natijalar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlarida joylashtirildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤42👍15🤔6🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍6👏2🔥1🤔1
#Jarayon
Bugun, 30-avgust kuni Qarshi davlat texnika universiteti Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetining yangi oʻquv binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Toʻyga toʻyona, deganlaridek, ushbu oʻquv binosi talabalarimiz uchun Mustaqilligimizning 34 yilligi bayramiga ajoyib tuhfa boʻldi.
Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, rektor Sherzod Neʼmatov, nuroniylar, el kayvonilari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Ramziy tasma qirqilib, tadbir ishtirokchilari oʻquv binosining xonalarini tomosha qildilar. Yosh olimlarning viloyat rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqoti oʻtkazildi. Ilmiy tadqiqot ishlanmalari natijalari taqdimoti, iroqi kashtachilik toʻgaragi aʼzolarining koʻrgazmasi tashkil etildi.
1000 oʻringa moʻljallangan mazkur oʻquv binosida 17 ta auditoriya, 12 ta laboratoriya va 8 ta maʼruza xonalari hamda axborot-resurs markazi mavjud.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤42👍15👏2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy tillarni rivojlantirish markazlari faoliyat boshladi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Toshkent shahrining Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa va Sirg‘ali tumanlaridagi 84-, 164-, 283- va 104-maktablarda xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari ishga tushirildi.
Markazlarda 16 nafar professor-o‘qituvchi hamda 30 dan ortiq xalqaro sertifikatlarga ega talabalar va magistrantlar ingliz, nemis, xitoy va koreys tillaridan dars o‘tadi.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan yoshlar uchun bepul kurslar tashkil etildi.

❤16😁14👍8🤔3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalarga_qulaylik
Qarshi davlat universitetida “Geografiya maydoni” ochildi
Qarshi davlat universitetida yangidan barpo etilgan “Geografiya maydoni” oʻquv-amaliyot markazi foydalanishga topshirildi. Unda astronomik, meteorologik, gidrologik, geologik, topografik va kartografik burchaklar tashkil etilib, 40 ga yaqin oʻquv qurollari oʻrnatildi.
Ushbu markaz Gnomondan tortib, zamonaviy “Sokol” apparatigacha boʻlgan vositalar talabalarga geografik bilim va koʻnikmalarini amaliyotda mustahkamlash imkonini beradi.
Marosimda ta’kidlanganidek, ushbu maydoncha yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ilm-fanga berilayotgan e’tiborning amaldagi ifodasidir. Kuzatish va amaliy mashg‘ulotlar talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirib, hudud iqlimi hamda iqtisodiyoti haqida chuqurroq tasavvur berishga xizmat qiladi.

3❤31👍21😱6🤔3🔥2
#mandat #magistratura #qabul2025
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

1🎉36❤22👍15👏6😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillik bayramidagi nutqidan:
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Sifatli ta’lim va aholi salomatligi – kelgusi taraqqiyotni hal qiluvchi eng muhim masala.
Oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga oshdi. Ayniqsa, talabalarning 53 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etayotgani alohida e’tiborga sazovor. Hozirgi vaqtda dunyodagi TOP oliygohlarda 2000 nafardan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Ulardan 750 ming nafari "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali davlat hisobidan o‘qimoqda. O‘tgan yili yurtimiz yoshlari TOP-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallaganlari barchamizni, albatta, quvontiradi”.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍4🔥3
#Talabalarga_qulaylik
Shahrisabz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv binosi ochildi
30-avgust kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida 1500 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli zamonaviy o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi binoda 50 ta auditoriya, 12 ta zamonaviy laboratoriya, 4 ta 150 o‘rinli ma’ruza zali, ma’naviyat zali, 2 ta kompyuter xonasi hamda Axborot resurs markazi mavjud.
Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi yoshlar uchun bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

❤19👍15🔥4🥰1😱1