#mandat #magistratura #qabul2025
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

1🎉36❤22👍15👏6😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillik bayramidagi nutqidan:
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Sifatli ta’lim va aholi salomatligi – kelgusi taraqqiyotni hal qiluvchi eng muhim masala.
Oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga oshdi. Ayniqsa, talabalarning 53 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etayotgani alohida e’tiborga sazovor. Hozirgi vaqtda dunyodagi TOP oliygohlarda 2000 nafardan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Ulardan 750 ming nafari "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali davlat hisobidan o‘qimoqda. O‘tgan yili yurtimiz yoshlari TOP-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallaganlari barchamizni, albatta, quvontiradi”.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍4🔥3
#Talabalarga_qulaylik
Shahrisabz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv binosi ochildi
30-avgust kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida 1500 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli zamonaviy o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi binoda 50 ta auditoriya, 12 ta zamonaviy laboratoriya, 4 ta 150 o‘rinli ma’ruza zali, ma’naviyat zali, 2 ta kompyuter xonasi hamda Axborot resurs markazi mavjud.
Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi yoshlar uchun bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

❤19👍15🔥4🥰1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayrami arafasida: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 1500 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab qator ijtimoiy va ilmiy-ma’rifiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filialida zamonaviy, 1500 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
Mazkur o‘quv maskani talabalarga yuqori sifatli tibbiy bilim berish, ilg‘or amaliyotlarni joriy etish, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun barcha zaruriy sharoitlarga ega.

❤21👍7🔥6🤩4🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#34yil
🎇 Mustaqillik bu – taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lida qo‘lga kiritilgan yutuqlar timsoli!
😁 Shu ma’noda, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Axborot-resurs markazining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgani — mustaqilligimiz samarasidir.
✔️ Mazkur ilmiy-ma’rifiy markaz — nafaqat zamonaviy kutubxona, balki talabalar va tadqiqotchilar uchun ilmiy izlanishlar olib borish, intellektual salohiyatni oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim maskan hisoblanadi.
🎊 Bu kabi zamonaviy infratuzilmalar — yoshlarga ishonch, ularning kelajagiga sarmoya va eng muhimi, mustaqillik bergan imkoniyatlarning amaldagi ifodasidir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan buyon barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fan, ta’lim va texnologiya yo‘nalishida yaratilayotgan sharoitlar – ayni shu taraqqiyotning yorqin dalilidir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤13🔥4🎉4👏3
#Bitiruvchi_2025
Toshkent shahridagi Xalqaro Nordik universitetining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
Mazkur oliy ta’lim muassasasi 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda universitetda 6500 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Shulardan 613 nafar bakalavr va 113 nafar magistr talaba o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, ilk bitiruvchilar safidan joy oldi.
Tadbirda oliygoh rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ish beruvchi tashkilotlar vakillari, ota-onalar va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Bakalavr bitiruvchilarning 93 foizi va magistr bitiruvchilarning esa 89 foizdan ortig‘i ish bilan ta’minlanib, mehnat faoliyatini boshlagani quvonarlidir. Marosim davomida universitet rahbariyati yoshlarga samimiy tabrik yo‘llab, ularga diplomlarni topshirdi.
Mazkur diplomlar nafaqat oliy ta’limdagi yutuq, balki kelajakdagi kasbiy va shaxsiy muvaffaqiyatlar sari ochilgan yangi eshik sifatida alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

❤31👍8🔥3👏2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tyanszin shahridagi "Meyszyan" kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi qutladilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi qutladilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24🔥9👍7😁2
#qutlov
Aziz yurtdoshlar!
🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi siz, aziz vatandoshlarimizni jonajon yurtimiz – Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Bu shonli kun – erkinlik va ozodlik, xalqimizning matonati va orzu-umidlarining yorqin timsolidir.
Jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz ruhi hamisha baland, xonadonlaringizda esa tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovonlik va fayzu-baraka hamroh bo‘lsin!
Vatan ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Aziz yurtdoshlar!
Bu shonli kun – erkinlik va ozodlik, xalqimizning matonati va orzu-umidlarining yorqin timsolidir.
Jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz ruhi hamisha baland, xonadonlaringizda esa tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovonlik va fayzu-baraka hamroh bo‘lsin!
Vatan ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36👏19👍10🔥4
#natija #oʻqishnikoʻchirish
📢 Ichki o‘qishni ko‘chirish natijalari eʼlon qilindi
2025/2026-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishini ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlariga mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
📌 O‘qishi ko‘chirilishiga tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.

❤38👍14🤔10😱4
#Xalqaro_hamkorlik #Prezident
#ShHT #IlmFan #Innovatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Tyanjzin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar masalasiga alohida to‘xtaldi.
Avvalo, ShHT mamlakatlari sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar bazalari, robototexnika, biomuhandislik va muqobil energetika kabi yo‘nalishlarda ulkan ilmiy-texnik salohiyatga ega ekani qayd etildi. Shu bois, yangi g‘oyalarni generatsiya qilish, ilg‘or tashabbuslarni ishlab chiqish va texnologiyalar transferini amalga oshirish uchun ShHT innovatsion-texnologik tarmog‘ini yaratish zarurligi ilgari surildi.
Bundan tashqari, “ShHT universiteti” sheriklik tarmog‘i doirasida onlayn kampus tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida innovatsion tanlov va olimpiadalarni muntazam o‘tkazish taklifi ilgari surildi. Mazkur tashabbuslar nafaqat gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga, balki yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Shuningdek, iqlim o‘zgarishi va ekologik xavflarni oldindan bashorat qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalasi ham ko‘tarildi. Shu bilan birga, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida venchur kompaniyalari va jamg‘armalari tarmog‘ini shakllantirish taklifi bildirildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#ShHT #IlmFan #Innovatsiya
“Biz ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni faol ilgari surish tarafdorimiz” — Sh.Mirziyoyev

❤29👍8🔥1