Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Joriy yilda O‘zbekistonda ikkinchi Ta’lim forumi o‘tkaziladi

Xitoyga rasmiy tashrif doirasida bugun Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalaridagi sheriklikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mamlakatimizda Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon universitetining filiali hamda Xalqaro matematika markazi ochildi. Sian neft universiteti filialini ochish to‘g‘risida Bitim imzolandi. Pekin texnologiya instituti filialini ochish rejalashtirilgan.

Joriy yilda O‘zbekistonda ikkinchi Ta’lim forumi o‘tkaziladi. Xitoy tilini o‘rganishni kengaytirish va o‘zbekistonlik yoshlarini o‘qitish uchun kvotalarni ko‘paytirish, Konfutsiy institutlari faoliyatini rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #muzokara

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍9🔥4🤔2🎉2
🎓 DIQQAT! SAT IMTIHONIGA QO‘SHIMCHA IMKONIYAT!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 13-sentyabr kuni Namangan va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tadigan SAT imtihoni uchun qo‘shimcha joylar ochildi.

🗓 Imtihon sanasi: 2025-yil 13-sentyabr

📍 Imtihon o‘tkaziladigan hududlar:
1. Farg‘ona
2. Namangan

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil:
👉 USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📱 (95) 515-68-68

📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍2🔥1
#TurkiyUniversiada2025

O‘zbekiston talabalari Turkiy davlatlar III Universiadasiga yo‘l oldilar

Ertaga, 3-sentyabrdan 9-sentyabrga qadar Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-ota shahrida Turkiy davlatlar III Universiadasi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Unda 5 ta mamlakatdan tashrif buyurgan sport delegatsiyalari 5 ta olimpiya va 2 ta noolimpiya sport turi bo‘yicha bellashadilar.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi mazkur nufuzli musobaqada 7 ta sport turi – shaxmat, futzal, voleybol, stol tennisi, dzyudo, erkin kurash hamda yunon-rum kurashi bo‘yicha jami 80 nafar talaba sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yil 5–10-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar II Universiadasida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 36 ta (15 ta oltin, 11 ta kumush va 10 ta bronza) medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍10🔥2
Pekin shahriga rasmiy tashrif doirasida 2-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilinib, muloqot davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga ham to‘xtalindi.

Joriy yilda O‘zbekistonda ikkinchi Ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston hududlarida zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi “Lu Ban ustaxonalari” ochiladi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va istiqbolli startaplarni ilgari surish maqsadida O‘zbekiston – Xitoy sun’iy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish taklif qilindi.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #uchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤14🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma #ijara_kompensatsiya

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

‼️ Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤50👍10🔥5😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilm ufqining yulduzi

Namangan davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti Yulduzxon To‘xtaboyeva 34 yoshida fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi!


#ilmfan #olima_ayol #olimlar_minbari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤42👍23🔥8👏4🥰1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22🔥2👍1
✅ #Olimlar_minbari
#25-31.08.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Yurt ravnaqi yo‘lida qilingan mehnatni qadrlaganlar kam bo‘lmaydi” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;

“Muzliklar erimoqda, Markaziy Osiyo uchun xavf nimada?”
— Bahodir MIRZAYEV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;

“Raqamli tibbiyot xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiladi” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

“Konstruktiv yondashuvga asoslangan amaliy sheriklik” — Muhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori;

“ShHT sammiti: izchil rivojlanish platformasi” — Mash’al SAIDOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Zamonaviy ta’lim – taraqqiyotimizning mustahkam poydevori” — Mirzayusup RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i, professor;

“Uchinchi renessans uzoqdagi orzu emas, bugunning haqiqati” — Shavkat TO‘RAYEV, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori; Ortiq RO‘ZIBOYEV, texnika fanlari nomzodi, dotsent;

“Yoshlar kelajagiga sarmoya” — Gulnoza JO‘RAYEVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori;

«Зеленое развитие - стратегический ответ на экологические и экономические вызовы» — Алишер МУМИНОВ, профессор Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека;

«Свобода, честь и мировое признание – главные приоритеты нового Узбекистана» — Фирюза МУХИТДИНОВА, профессор ТГЮУ;

“Tarix va tamaddunni bog‘lovchi ko‘prik” — Azamat MUXTOROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍2🤔2🔥1
#Muhandislik_tanlovi

“Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muhandislik yo‘nalishlarida o‘tkazilgan respublika tanlovida g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin — elektromobil (9 nafar g‘olib uchun);
2-o‘rin — xorijiy mamlakatlarda stajirovka yo‘llanmasi;
3-o‘rin — pul mukofotlari
.


Tanlovning Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tanlovda g‘olib bo‘lmagan, biroq dolzarb muhandislik yechimlarini taqdim etgan ishtirokchilar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning ishlanmalarini takomillashtirish maqsadida ular uchun alohida tartibda “Bo‘lajak olim” tanlovi o‘tkazilishi belgilandi.

Batafsil g‘oliblar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:


🔹Eng yaxshi g‘oya;
🔹Eng yaxshi loyiha;
🔹Eng yaxshi ixtiro;
🔹Innovatsion g‘oya yetakchisi;
🔹Barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi ixtiro.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤47👍31😁6🔥5🎉3