Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#qabul #texnikum #xalqaro_dastur

⚡️Shoshiling! 6 ta texnikumda nemis ta’lim dasturi asosida kasb egallash uchun qabul davom etmoqda

“Ausbildung” tizimi asosida o‘qishga 17-26 yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi.

Bu yil 4 ta kasb bo‘yicha jami 1 750 ta, shundan 1 675 tasi grant, qolgan 75 tasi to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari tasdiqlangan.

“Ausbildung” tizimi joriy etilgan texnikumlar:
🏛 Toshkent transport texnikumi – 500 ta;
🏛 Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi – 250 ta;
🏛 Samarqand shahar 2-son politexnikumi – 250 ta;
🏛 Samarqand shahar 3-son politexnikumi – 250 ta;
🏛 Xorazm qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi – 250 ta;
🏛 Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi – 250 ta.

Hujjatlar 2025-yil 10-sentyabrga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun:
📞+998970993999
🔹 @askania_bildung
🔹 Instagram

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30🔥4
“Eng yaxshi gʻoya” yoʻnalishida “Talabalar” kategoriyasi boʻyicha 1-oʻrin!

Ilyosbek Valixonovning “IshoraTech” loyihasi 60,2 ball bilan talabalar yoʻnalishida 1-oʻringa sazovor bo‘ldi.

U mazkur g‘oyani imkoniyati cheklangan insonlar, ayniqsa kar-soqov (eshitmaydigan va gapira olmaydigan) insonlar uchun ishlab chiqqan. Loyihaning asosiy maqsadi — imo-ishora tilini sunʼiy intellekt yordamida real vaqt rejimida matn va ovoz formatiga oʻtkazishdir.

Ushbu ishlanma:
– kar-soqov insonlar bilan muloqotni osonlashtiradi,
– jamiyatda teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi,
– sunʼiy intellekt texnologiyalarini ijtimoiy sohada qo‘llashga asos bo‘ladi.


#engyaxshigʻoya #gʻolib #talabalar #imotili #suniyintellekt #IshoraTech

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤39👍29🔥4😁3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirlarga boy va jo‘shqin rasmiy tashrifi SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik va O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi.
—
Насыщенный и динамичный официальный визит Президента Шавката Мирзиёева придаст новый импульс развитию многостороннего сотрудничества в рамках ШОС и узбекско-китайских отношений.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍3
#forum_2025

Oʻzbekiston–Latviya birinchi taʼlim forumi boʻlib oʻtadi

Bugun Latviya poytaxti Riga shahrida Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasida ilk bor taʼlim forumi oʻtkaziladi. Unda ikki mamlakat oliy taʼlim vazirliklari masʼullari, shuningdek, 50 ga yaqin yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etadi.

Anjuman doirasida transport, axborot texnologiyalari, logistika, energetika va yashil iqtisodiyot, tibbiyot, mashinasozlik, turizm hamda xizmat koʻrsatish kabi muhim yoʻnalishlarda qoʻshma ilmiy tadqiqot va taʼlim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan boʻlib, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim va ilmiy hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤33👍9🔥1
#Latviya_uchrashuv

Oʻzbekiston–Latviya birinchi taʼlim forumi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Latviya taʼlim vaziri Dace Melbārde bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar anʼanaviy iqtisodiy yo‘nalishlardan chiqib, taʼlim, fan va innovatsiyalar yo‘nalishlarida ham sezilarli darajada rivojlanmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83419

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍7🔥3🤔2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rin!

Toshkent davlat transport universiteti professori Ziyoda Adilova “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun gibrid avtomotrisani yaratish loyihasi bilan 72,38 ball to‘plab, professor-o‘qituvchilar yo‘nalishida 1-o‘ringa loyiq deb topildi.

Loyihada mavjud avtomotrisalarni dizel-generator va elektr motorlardan iborat zamonaviy gibrid tizimga o‘tkazish taklif etilgan. Bu yechim energiya tejamkorligi va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi.

Ushbu ishlanma:
– temir yo‘l transportida zamonaviylashtirishni jadallashtiradi,
– yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va ekologik xavfsizlikni ta’minlaydi,
– mamlakat transport tizimining innovatsion rivojiga xizmat qiladi.


#engyaxshiloyiha #gʻolib #transport #temiryol #gibridtexnologiya #O‘zbekistonTemirYo‘llari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤23👏9👍5🔥2😁2
Vazir Latviyada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

“Yoshlarning har bir g‘oyasi — kelajagimizning mustahkam poydevoridir!” - Q.Sharipov.


Riga shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Latviyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot qildi.

Suhbat davomida yoshlarning muammolari va takliflari tinglanib, “Zakovat” intellektual o‘yinlarini Latviyada tashkil etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, vazir yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faolligi, xalqaro dasturlarda qatnashish imkoniyatlari hamda Vatan taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasiga alohida e’tibor qaratdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24😁4🤔2😱2🎉1
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollari biznes-forumi ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasida aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi

2025-yil 3-sentabr kuni Belarusning Vitebsk shahrida “O‘zbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida ikki davlat tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi yalpi majlisi o‘tkazildi.

Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova ochib berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko murojaatlari o‘qib eshittirildi.

Majlisda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ham ishtirok etib, o‘z nutqida ikki davlat o‘rtasidagi oliy va kasbiy ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasida hamkorlik rivojlanayotganini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83363

#xalqaro_forum #yalpi_majlis

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5🔥2🎉1