Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston va Belarus OTMlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yangi hujjatlar imzolandi

2025-yil 2–3-sentyabr kunlari Belarus Respublikasi Vitebsk shahrida O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv doirasida ikki tomonning bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi.

Jumladan:

➡️P.M.Masherova nomidagi Vitebsk davlat universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida Ilmiy-innovatsion hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

➡️Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma;

➡️P.O. Suxoy nomidagi Gomel davlat texnika universiteti va Farg‘ona davlat universiteti Hamkorlik to‘g‘risida shartnoma;

➡️Vitebsk davlat texnika universiteti va Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

➡️Belarus davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Belarus davlat universiteti hamda Yevfrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universiteti bilan Buxoro davlat texnika universiteti o‘rtasida ikki tomonlama akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur hujjatlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤19👍8🤔4🔥2🎉1
#ilmiy_stajirovka

🟦🟦🟦

AQShda stajirovka o‘tang!


Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilindi!

G‘oliblar 2025-yil davomida AQShning Texas universitetiga 6 oylik stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.

Hujjatlar 2025-yilning 15-oktabr (shu kuni ham 23:55gacha) sanasiga qadar “internship.ilmiy.uz” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.


☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203 32 23 (541)

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥3😁1🎉1
#forum #Latviya

Oʻzbekiston-Latviya taʼlim forumi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov boshchiligidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Latviya universiteti hamda Latviya transport va aloqa universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga universitetlarda talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy imkoniyatlar hamda oʻquv jarayoni tashkil etilishi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Shuningdek, oʻquv auditoriyalari, ilmiy laboratoriyalar va amaliyot oʻtadigan maxsus xonalar ham koʻrsatildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83865

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍7🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imkoniyatni kutmang – uni o‘zingiz izlab toping!


Germaniyaning yetakchi universitetida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik professor o‘zining ilmiy va kasbiy faoliyati haqida so‘zlab berdi.

📹 Uning fikricha, muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyat kelishini kutish emas, balki uni izlab topishga intilish zarur.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤10🔥2😁2
#dayjest #jarayon #mustaqillik_darslari

Ayni kunlarda siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda targ‘ib etish maqsadida Toshkent shahri va viloyatlardagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeylariga talabalar tashrifi amalga oshirilmoqda.

➖Toshkent davlat agrar universiteti;

➖Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti;

➖Farg‘ona davlat universiteti;

➖Andijon davlat chet tillari instituti;

➖Qarshi davlat universiteti;

➖O‘zbekiston Milliy universiteti;

➖Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖Andijon davlat pedagogika instituti;

➖Termiz davlat pedagogika instituti;

➖TDTU Urganch filiali;

➖Nukus davlat pedagogika instituti;

➖Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➖Guliston davlat pedagogika instituti;

➖Urganch davlat pedagogika instituti;

➖Jizzax politexnika instituti;

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖Andijon davlat universiteti;

➖Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

➖Buxoro davlat universiteti;

➖Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖O‘zDXA Urganch filiali;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

➖Namangan davlat chet tillari instituti;

➖Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti;

➖Namangan davlat universiteti;

➖Buxoro davlat pedagogika instituti.


Bu kabi tadbirlar davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤36👍2🔥1