Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#RahbarYoshlar_uchrashuvi

Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Mazkur muloqotda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalaridan yoshlar yetakchilari, fakultet va yo‘nalish koordinatorlari, shuningdek, faol talabalardan iborat 700 dan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun oliy ta’lim olish, kasb-hunar egallash va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/84037

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍5🔥4👏2🤩2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🗣“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi 3-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!

✔️Final bosqichida har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga o’tgan har bir ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida final testlarini ishladi. Markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 145 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

📚Finalda ishtirokchilarga oldindan o‘qish uchun vazifa qilib berilgan Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, Agata Kristining “Ular 10 ta edi” hamda Odil Yoqubovning “Diyonat” kitoblari bo‘yicha tuzilgan 50 tadan test savollari berildi. Har bir test uchun 40 soniyadan vaqt ajratildi.

🔹Yakunda testlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi. Natijalar teng bo‘lib qolgan holatda g‘olib aniqlangunga qadar qo‘shimcha savollar berildi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍2🔥1😁1