Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Radjabov Sardor Baxtiyorovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Sardor Rajabov mehnat faoliyati davomida Davlat test markazi boshqarma boshligʻi, markaz direktori oʻrinbosari, shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti” rahbari lavozimlarida ishlagan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍50❤24🤔11😱5👏3
#Prezident_topshirig‘i

Oliy taʼlimda islohotlarni amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi


10-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarni samarali bajarish masalasi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/84789

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤42👍17🔥4👏2🎉2
#xalqaro_hamkorlik

Agrar universitetida Xitoy tili markazi faoliyati kengaymoqda

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy tili markazi faoliyati kengaymoqda. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Yu Jun boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi.

Elchi markazda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashib, ularga zamonaviy o‘quv qo‘llanmalarini sovg‘a qildi. Bugunga qadar 60 dan ortiq talaba Xitoy tili kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan.

Yangi kurslar 15-sentabrdan boshlanadi va darslarni Xitoydan jalb etilgan 3 nafar malakali o‘qituvchi olib boradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤15🔥1
📣 Qo‘shma ta’lim dasturlari — oliy ta’lim olish uchun yana bir imkoniyat!

🇺🇿 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga taklif qilmoqda.

🎓 Qo‘shma ta’lim dasturlari:

🟦TDIU – PDU (Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda)

🟦TDIU – PMTI (Chexiyaning Praga menejment va texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda);

🟦TDIU – UoL-LSE (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London Universiteti hamkorligidagi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi )

Hujjat topshirish uchun havola:

🔵TDIU – PDU qo‘shma dasturiga

🔵 TDIU – PMTI qo‘shma dasturiga

🔵 TDIU – UoL-LSE qo‘shma dasturiga

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26🔥2👍1
#WorldsSkills_2025

Samarqandda WorldSkills-2025 chempionatiga start berildi


Samarqand shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Worldskills Uzbekistan ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi hamkorligida “Quruq qurilish va suvoq ishlari” bo‘yicha V Milliy chempionatning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i va KNAUF Buxoro Gips Akademiyasi direktori so‘zga chiqib, yosh mutaxassislarga omad va ulkan yutuqlar tiladilar.

Ishtirokchilar va ekspertlar chempionatning muhim an’anasi sanalgan Worldskills qasamyodini qabul qilib, halollik va professional mahoratga sodiq qolishga va’da berdilar.

Marosim so‘ngida esa qatnashchilar hamda mehmonlar uchun madaniy hordiq sifatida konsert dasturi namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27🔥4👍2🤔2