Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi


📃 Ushbu oliygoh faoliyati Prezidentning “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2025-yil 11-sentyabrdagi PQ–274-son qarori bilan yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.

➖2025/2026-o‘quv yilidan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan bir yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.

➖2026/2027-o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

➖2027/2028-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi.

✔️Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.

➖2029/2030-o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤17😁4👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabamisiz? Blogerlikka qiziqasizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun: bepul darslar, tushlik va stipendiya!

Toshkent shahridagi
oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladigan, 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, blogerlikka qiziquvchi talabalar endilikda “Media Start” loyihasida hech qanday toʻlovlarsiz tahsil olib, bepul tushlik va stipendiyaga ega boʻlishi mumkin.

Buning uchun 20-sentabrga qadar @mediastartuzbot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻting. Shoshiling, imkoniyatni boy bermang, joylar soni cheklangan. Hoziroq roʻyxatdan oʻtib, darsdan tashqari paytda “Media Start” loyihasining foydali mashgʻulotlarida ishtirok eting!

👉 @mediastartuzbot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍5🔥3
#Talabaga_qulaylik #Oʻrganish

Vazir talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi


12-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi mas’ullar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bo‘ldi.

Tashrif davomida talabalarga yaratilgan sharoitlar, turar joy tizimi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Vazir universitet va institut rahbarlarining hisobotlarini tinglab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berdi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Bundan tashqari, energiya ta’minoti, isitish tizimlari va talabalar turar joylarida muqobil quvvat manbalaridan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/85467

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤35👍11👏3😁3🎉1
#dayjest #kelajak_soati

Oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soati” darslari izchil davom etmoqda


➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖Jizzax politexnika instituti;

➖Farg‘ona davlat universiteti;

➖Qarshi davlat texnika universiteti;

➖Namangan davlat universiteti;

➖Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖Buxoro davlat texnika universiteti;

➖O‘zMU Jizzax filiali;

➖Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖Toshkent davlat agrar universiteti;

➖Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖Navoiy innovatsiyalar universiteti;

➖Guliston davlat pedagogika instituti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥2
#Talabaga_qulaylik #Vazir #Oʻrganish

Vazir talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlari, turar joy tizimi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

Universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tanqidiy tahlil qilindi. Vazir aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/85523

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤29👏6👍3😁1😱1
#qonunchilik_yangiliklari

Pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ta’sis etildi


Prezidentning 2025-yil 10-sentabrdagi PF–162-son Farmoniga muvofiq, joriy o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ta’sis etildi.

Stipendiya pedagogika yo‘nalishidagi har bir oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan, barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” (ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi”) bo‘lgan va ijodiy ishlarda faol ishtirok etayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.

Ma’lumot uchun, davlat stipendiyalari sovrindorlariga maxsus ko‘krak nishoni va guvohnomalar topshiriladi. Shuningdek, ular oliy ta’limni tamomlagach, yosh mutaxassis sifatida malaka oshirish va o‘qishni davom ettirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborilishda ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍8🎉2🔥1👏1
#Tayinlov

Hukumatning tegishli qarori bilan Xudoyqulov Adxam Yusupovich yangi tashkil etilgan “ToshTech” texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤13🔥9😁3😱3
Davlat xizmatchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan davlatning xalqchilligini mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida davlat xizmatchilarining fikrini o‘rganish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda ijtimoiy so‘rovnoma ishlab chiqilib, maxsus Telegram-bot platformasiga joylashtirildi.

So‘rovnoma davlat xizmatchilarining faoliyatida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish imkoniyatlarini aniqlash va ushbu yo‘nalishda amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

📲 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: @respondentuzbot

#Soʻrovnoma #Davlat_xizmatchisi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥9❤7
Sirdaryoda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni oliy va kasbiy ta’limga jalb etish masalalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruhining qo‘shma majlisida Sirdaryo viloyatidagi oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda deputatlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, uning Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat hokimligi mutasaddilari, Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti xodimlari, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/85560

#muhokama #qonunchilik_palatasi #topshiriqlar_ijrosi #oliy_taʼlim #kasbiy_taʼlim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥3