“TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi Buxoroda!
25-sentyabr kuni “Kelajakka qadam” dasturi doirasida oʻtkazilayotgan “TalabaExpo-2025” koʻrgazmasi bitiruvchi talabalar ishga joylashishi uchun qulay imkoniyatlar taqdim etadi!
Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
✔️ 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar;✔️ 1000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar;✔️ Seminar va treninglar;✔️ Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;✔️ Imtiyozli kreditlar boʻyicha maslahatlar;✔️ Madaniy shou va musiqiy dasturlar.
Tashkilotchilar:
Buxoro viloyatidagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, boshqa hududlarda tahsil olayotgan navoiylik yoshlar, shuningdek, talabalar, abituriyentlar, barchangizni ushbu koʻrgazmaga taklif etamiz!↪️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,↪️ Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;↪️ “Oʻzmilliybank” AJ;↪️ Savdo-sanoat palatasi;↪️ Buxoro viloyati hokimligi;↪️ Yoshlar ishlari agentligi.
Keling, suhbatlashing, o‘zingizga munosib ish o‘rinlariga ega bo‘ling!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍5🔥2👏2
#Dayjest #Talabaga_qulaylik
Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar sharoitini o‘rganishmoqda
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar sharoitini o‘rganishmoqda
✔️ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;✔️ SamDU Urgut filiali;✔️ O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;✔️ O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;✔️ Guliston davlat pedagogika instituti;✔️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;✔️ Geologiya fanlari universiteti;✔️ Milliy rassomlik va dizayn instituti;✔️ Guliston davlat universiteti;✔️ Andijon davlat chet tillari instituti;✔️ TDTU Termiz filiali;✔️ Termiz davlat pedagogika instituti;✔️ Nukus davlat texnika universitet;✔️ O‘zDSMI Nukus filiali;✔️ TDTU Urganch filiali;✔️ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti;✔️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;✔️ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;✔️ Navoiy davlat universiteti;✔️ Xalqaro innovatsion universitet.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤27🤔8👍6👏6🔥3
#vazir_maʼruzasi
Vazir talaba, doktorant va prorektorlar uchun taʼlim tizimidagi islohotlar va istiqboldagi rivojlanish masalalari yuzasidan maʼruza qildi
24-sentyabr kuni Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tashabbusi bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning “Mamlakatimizda taʼlimning barcha boʻgʻinlarini izchil rivojlantirish” mavzusida maʼruzasi tashkil etildi.
Tadbirni “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi Oqil Salimov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning iqtidor va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda jamgʻarmaning bu jarayondagi oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi.
Vazir o‘z maʼruzasida kasbiy taʼlim sohasida yangi o‘quv dasturlarini joriy etish, dual taʼlim tizimini bosqichma-bosqich kengaytirish, texnikumlar bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, oliy taʼlimni xalqaro maydonga olib chiqish, xorijiy hamkorlik doirasini kengaytirish hamda taʼlim eksporti hajmini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ustuvor vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/88358

1❤31👍8👏4🔥2😁2
#1_oktyabr #e’tirof
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirni vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov ochib, ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarni samimiy qutladi. O‘z nutqida u pedagoglik kasbi yuksak mas’uliyat, katta sharaf va el-yurt oldidagi muqaddas burch ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, ta’lim va ilm-fan rivojiga o‘zining bilim va tajribasi, fidoyiligi bilan munosib hissa qo‘shayotgan o‘qituvchi va olimlarga minnatdorlik izhor etdi.
Bayram tadbirida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, tajribali pedagoglar, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olimlar hamda tizimda fidokorona faoliyat yuritayotgan bir guruh vazirlik xodimlari taqdirlandi. Ularning samarali mehnati e’tirof etilib, “Oliy ta’lim a’lochisi” va “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Ko‘krak nishoni sohiblari o‘z so‘zlarida bugungi kunda pedagoglarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va e’tirofni xalqimizning ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtiromining yorqin ifodasi sifatida qayd etib, bu ulug‘ qadriyatni amalda his etayotganlaridan chuqur minnatdorlik bildirdilar.
Tadbirning badiiy qismi ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Elimiz suygan san’atkor, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Jenisbek Piyazov kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

❤41👍11🔥2😁1