Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#qabul2025 #super_kontrakt

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan super kontrakt miqdorlari e’lon qilinmoqda


Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari OTMlar rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

🏛Shahrisabz davlat pedagogika instituti↪️https://t.me/ShDPIuz/25153;

🏛Namangan davlat texnika universiteti↪️https://t.me/NamDTU_Asosiy/6760;

🏛Andijon davlat universiteti↪️https://t.me/adu_uz/53190;

🏛Namangan davlat pedagogika instituti↪️https://t.me/namspii/37214;

🏛Toshkent axborot texnologiyalari universiteti↪️https://t.me/tuituz_official/27221;

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti↪️https://t.me/tsulbox/441;

🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti↪️https://t.me/tsueuzofficial/21908;

🏛Andijon davlat texnika instituti↪️https://t.me/andtexnika/27738;

🏛Termiz davlat universiteti↪️https://t.me/terdu340/34762?single;

🏛Toshkent arxitektura-qurilish universiteti↪️https://taqu.uz/diqqat-elon-6;

🏛TDTU Olmaliq filiali↪️https://tdtuof.uz/tabaqalashtirilgan-to-lov-kontrakt-summalari-haqida-ma-lumot/;

🏛Toshkent kimyo-texnologiya instituti↪️https://t.me/tktiuz/47484;

🏛Urganch davlat universiteti↪️https://t.me/URDU_PRESSA/67905;

🏛Buxoro davlat universiteti↪️https://t.me/buxdu_uz/73441;

🏛TKTI Yangiyer filiali↪️https://t.me/tkti_yangiyerf/12662;

🏛Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti↪️https://andqxai.uz/events/188;

🏛TTA Urganch filiali↪️https://t.me/ttauf/26803;

🏛Qoʻqon davlat universiteti↪️https://t.me/Kokand_SU/30479;

🏛Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti↪️https://dtpi.uz/super-kontrakt-2025/;

🏛Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti↪️https://t.me/uzmmsi_official/19285;

🏛TDTU Termiz filiali↪️https://t.me/ttatf2018/20764;

🏛Namangan davlat chet tillari instituti↪️https://t.me/ibratnamdchti/31075;

🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali↪️https://sbtsue.uz/uz/post/elon-21;

🏛Milliy rassomlik va dizayn instituti↪️https://t.me/mrdi24yangiliklar/33749;


Eslatma:
2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍7🔥1👏1
🌎 NUFUZLI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlanadi

🗓 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2025-yil 14–15-oktyabr kunlari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👥 Konferensiyada ilmiy jamoatchilik vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, xalqaro tashkilotlar hamda tegishli sohalardagi mutaxassislarning ishtiroki ko‘zda tutilmoqda.

✍️ Konferensiya mavzusi:
➡️ “Bilim va malakalarni baholashda nazariy va amaliy yondashuvlar”

🔸 Tezislar topshirish muddati:
⏰ 2025-yil 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)

💠 Konferensiyaning o‘tkazilish joyi va dasturi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar keyingi rasmiy e’lonlarda taqdim etiladi.

➡️ Ro’yxatdan o’tish va tezislarni yuborish uchun sayt conference.uzbmb.uz

📞 Maqolalarni qabul qilish uchun aloqa:
📞 +998932600703
📱 @uzbmb_qabul

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍2🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Gretsiya oliy taʼlim sohasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Gretsiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muhtor elchisi Paraskevi Seveleki bilan uchrashdi. Suhbatda ikki mamlakat universitetlari oʻrtasidagi mavjud hamkorlik masalalari va uni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida universitetlar oʻrtasida yangi memorandum va kelishuvlar imzolash, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini tizimli yoʻlga qoʻyish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va markazlari faoliyatini tashkil etish kabi masalalarga urg'u berildi. Tomonlar ushbu tashabbuslar Oʻzbekiston va Gretsiya oʻrtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/88690

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍5😁2🔥1😱1
Edu.uz
#qabul2025 #super_kontrakt Oliy ta’lim muassasalari tomonidan super kontrakt miqdorlari e’lon qilinmoqda Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari OTMlar rektorlari (direktorlari)…
#qabul2025 #super_kontrakt

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan super kontrakt miqdorlari e’lon qilish davom etmoqda


🏛Oʻzbekiston Milliy universiteti↪️https://t.me/nuu_uz/22820;

🏛Andijon davlat chet tillari instituti↪️https://t.me/adchti_uz/50972;

🏛Milliy estrada san’ati instituti↪️https://t.me/BZokirovnomidagiMESI/15932;

🏛Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti↪️https://t.me/ferghana_medical_institute/15698;

🏛Nukus davlat pedagogika instituti↪️https://t.me/nmpi1934/50009;

🏛Namangan davlat universiteti↪️https://t.me/Namdu_xabarlari/4592;

🏛Toshkent davlat texnika universiteti↪️https://t.me/ToshDTU_Matbuot_Xizmati/31647;

🏛TATU Samarqand filiali↪️https://t.me/sbtuit2005/28617;

🏛O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali↪️https://t.me/uzdjtsunf/25009;

🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti↪️https://t.me/otmsamvmi/46590;

🏛Jizzax politexnika instituti↪️https://t.me/jizpi_online/46405;

🏛Buxoro davlat texnika universiteti↪️https://bstu.uz/public/ckfinder/userfiles/files/super_kontrakt/oshirilgan_tolov_kontrakt_miqdori.pdf;

🏛“TIQXMMI”  Milliy tadqiqot universiteti↪️https://t.me/ilovetiiame/30282.


Eslatma: 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👍9🔥3👏2😁1
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “O‘zbekistonda super-kontrakt to‘liq bekor qilindi” degan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Ma’lum qilinadiki, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori bilan 2017-yil 20-iyunda qabul qilingan 393-sonli qaror o‘z kuchini yo‘qotdi.

393-sonli qarorga muvofiq, avval kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining (o‘quv yiliga amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobar va undan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining) 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilar edi.

Hozirgi kunda aynan shu tartib bekor qilindi.

Endilikda to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

✅1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
✅1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
✅2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
✅3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤62👍26🔥1👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🟦🟦🟦

Innovatsion g‘oyalar bilan yaqindan tanishishni istaganlar diqqatiga!

9–11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “InnoWeek–2025” — innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

🔵 Tadbirning rasmiy sayti: www.innoweek.uz

🟢“InnoWeek–2025” — Ilhom, tajriba va yangi g‘oyalar manbai!

📍Manzil: CAEx

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍8🎉2🔥1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Biz tengmiz — bir safdamiz”: Xoreografiya yo‘nalishida noyob tadqiqot

Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD Shahzoda Xudoynazarova rahbarligida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Eshitishida va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasi” mavzusida amaliy-innovatsion grant loyihasi amalga oshirilmoqda.

Xalqaro karlar kuni munosabati bilan 24-sentyabr kuni mazkur loyiha doirasida ilmiy-ijodiy tadbir o‘tkazildi. “Raqs harakatlari orqali so‘zlashamiz” shiori ostida sahnada chiqish qilgan ijrochilarning yurakdan ijro etgan raqslari barchada kuchli taassurot qoldirdi.

Loyiha ishtirokchilari shu kunlarda Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalda mamlakatimiz nomidan qatnashish uchun yo‘lga chiqdilar.

Ma’lumot uchun: eshitishi va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar bilan xoreografiya yo‘nalishida tadqiqotlar O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤13😁2🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Buxoroda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 900 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi


25-sentyabr kuni Buxoro viloyatida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida 100 dan ortiq yirik ish beruvchilar 1 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Dasturga muvofiq seminar va treninglar, biznes uchrashuvlari hamda startap loyihalari taqdimotlari tashkil etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar Buxoro erkin industrial-iqtisodiy zonasiga tashrif buyurib, Artel korxonasi faoliyati, jumladan ishlab chiqarish jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Ko‘rgazmada 10 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etdi. Tadbirga 9 046 nafar talaba tashrif buyurib, ulardan 2 956 nafari ish beruvchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Natijada 923 nafar talaba uchun ish joyi aniqlandi, 41 nafar talaba esa o‘z biznes loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/88887

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30😁6👍5🔥4
UNESCO-ICHEI bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

26-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi UNESCO-ICHEI oliy ta’lim innovatsiyalari markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda oliy ta’lim dasturlarini takomillashtirish, raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellektdan samarali foydalanish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi va Xitoy Xalq Respublikasidagi UNESCO-ICHEI oliy ta’lim innovatsiyalari markazi o‘rtasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23🎉7🔥4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi: BMTning yuksak minbaridan yangragan global tashabbuslar, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan tarixiy uchrashuv va kelishuvlar.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSh

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤8🔥4👏2😁2
“Oliy ta’lim a’lochisi” va “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” – fidoyi pedagoglarga munosib e’tirof!

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 26-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida faxriy ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, fidoyi pedagoglarni samimiy tabrikladi. U o‘z so‘zida ularning sharafli mehnati yurtimiz kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

“Oliy ta’lim a’lochisi va O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi ko‘krak nishonlari – ilm yo‘lidagi sadoqat va fidoyilik ramzidir”, — dedi vazir.


Bayram tadbirida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan olimlar hamda tajribali pedagoglarning bir guruhini munosib taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤24🔥3😁2🤔1