#qabul2025
Qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o‘qishni istaganlar uchun muhim ma’lumot
2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.
Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.
Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

1❤124👍31🥰12🔥10🎉5
#Dayjest #Turizm
Oliy ta’lim muassasalarida “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan keng qamrovli bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim muassasalarida “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan keng qamrovli bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda
✔️ O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “Xovos – tarixiy izlar, qadriyatlar va yangi imkoniyatlar maskani” shiori ostida ta’lim va turizm forumi o‘tkazildi;✔️ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar Oʻzbekiston 24 kanali orqali namoyish qilindi;✔️ Toshkent davlat transport universitetida turizm kuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi;✔️ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti turizm ishchi guruhi tomonidan turizm va taʼlimga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi;✔️ Farg‘ona davlat universitetida “Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirish muammolari” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi;✔️ Termiz iqtisodiyot va servis universitetida madaniy tadbir tashkil etildi;✔️ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xalqaro turizm kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi;✔️ Buxoro davlat texnika universitetida malakaviy amaliyot tashkil etildi;✔️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Sumbula mazor” turizm maskaniga sayohat uyushtirishdi;✔️ Termiz davlat universitetida turizm sohasi bo‘yicha hamkor tashkilotlar va iqtidorli talabalar ishtirokida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi;✔️ Chirchiq davlat pedagogika universitetida yarmarka va tantanali tadbir tashkil etildi;✔️ "University of Business and Science" talabalari uchun Samarqandda joylashgan tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi;✔️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi viloyat turizmni rivojlantirish jamoatchilik kengashi a’zolari bilan uchrashuvida faol ishtirok etdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32🔥8👍4😱2
Ustozlarga ehtirom – jamiyatimizning ulug‘ qadriyati
27-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Uni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Raximova ochib berishdi.
Tadbirda ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustozlar “Oliy ta’lim a’lochisi” va “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimi hamda kasaba uyushmasi nomidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram doirasida iqtidorli o‘quvchilarga maxsus stipendiyalar, shuningdek “Eng yaxshi ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘oliblariga mukofotlar tantanali ravishda berildi.
Bu mukofotlar ustozlarimiz va o‘quvchilarimizning bilimi, sohaga sadoqati va fidoyiligining e’tirofidir.

1❤59👍12🔥9🎉4🥰2
#xalqaro_hamkorlik
HSK imtihonlari endi Toshkentda oʻtkaziladi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi huzuridagi Xorij bilan xitoy tili almashinuv markazi (CLEC) rahbari Yu Yufen bilan uchrashdi. Suhbatda Lanjou va TDSHU qoshidagi Konfutsiy institutini rivojlantirish, xitoy tili oʻqituvchilarini taklif etish, taʼlim muassasalari uchun darsliklar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Rektor Gulchehra Rixsiyeva hamda HSK xalqaro xitoy tili imtihoni markazi rahbari Dr. Li Peize tomonidan HSK markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Konfutsiy instituti oʻrtasida 3 yoqlama shartnoma imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/89493

❤35👍12🔥3🎉2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KasbiyTaʼlim #politexnikum
Dual ta’lim orqali yoshlar ishlab ham, o‘qib ham maosh olmoqda (video)
Andijon shahrida dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur tizim texnikum o‘quvchilari hamda korxonalar uchun birdek qulaylik yaratib, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlab bormoqda.
Jumladan, bugungi kunda Andijon shahar 2-son politexnikumi 26 ta yirik korxona bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan bo‘lib, jami 790 nafar o‘quvchi ishlab chiqarish korxonalariga biriktirilgan. Shundan 300 nafar amaliyotchi yoshlar dual ta’lim asosida nafaqat bilim olmoqda, balki ishlab, oylik maosh ham olishmoqda.
“Dinar Group” MCHJ, “AND-Belita” MCHJ kabi korxonalarda amaliyotchi qizlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular kasb-hunar sirlarini puxta o‘zlashtirib bormoqda.

❤27👍1😁1🎉1