Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✍️ “E voh” respublika olimpiadasi – ustozlarni ijod va tafakkur maydoniga chorlaydi!

O‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandi bo‘lgan barcha pedagoglar uchun katta imkoniyat!

21-oktyabr – "O‘zbek tili bayrami" munosabati bilan Erkin Vohidov nomidagi “E voh” respublika ona tili va adabiyoti olimpiadasiga start berildi!

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍15😁9😱1
Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat grantiga roʻyxatdan oʻtish muddati bugun yakunlanadi

2025/2026-o‘quv yili uchun respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat granti asosidagi o‘rinlar ajratilgan edi.

📅 Bugun — 5-oktyabr, ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish uchun so‘nggi kun!

📝 Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar uchun test sinovlari 12-oktabrgacha o‘tkaziladi, natijalar esa 17-oktabrgacha e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KasbiyTaʼlim #politexnikum

Dual ta’lim – nazariya va amaliyot uyg‘unligi


Andijon shahar 2-son politexnikumi “Uz-Meter Tech” O‘zbekiston–Koreya ko‘chma korxonasi bilan hamkorlikda shartnoma imzoladi. Natijada 40 nafar o‘quvchi ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tayapti.

Dual ta’lim asosida tahsil olayotgan yoshlar nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga mustahkam poydevor yaratmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota uchun roʻyxatdan oʻtish bugun yakunlanadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga davlat granti asosida qo‘shimcha 200 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan edi.

📅 Bugun — 6-oktabr, ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish uchun so‘nggi kun!

📝 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun test sinovlari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda 2025-yil 12-oktabrga qadar o‘tkaziladi.

📚Tanlov natijalari 2025-yil 17-oktabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍3🔥2🤔1
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy markaz hamda Cambridge University Press & Assessment sizni yilning katta ta’limiy voqealaridan biri “Cambridge Day” tadbiriga taklif qiladi!

🎓 Bu – ingliz tili o‘qituvchilari, til markazi rahbarlari, universitet professorlari va ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun bilim va tajriba almashish, yangi metodikalar bilan tanishish hamda global tajribaga ega bo‘lish imkoniyatidir.

🗓 Sana: 8-noyabr
📍 Joy: Buxoro
⏰ Ishtirok etish: Bepul (oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur)

⭐️ Tadbir dasturi quyidagilardan iborat:

✅ Cambridge mutaxassislari bilan mahorat darslari va seminarlar
✅ Zamonaviy ta’lim resurslari bilan tanishuv
✅ Sertifikat bilan taqdirlanish imkoniyati
✅ Hamfikr o‘qituvchilar bilan netvorking

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:

➡️ Cambridge Day Uzbekistan 2025 rasmiy sahifasi

🔰 O‘qituvchi sifatida pedagogik mahoratingizni rivojlantirish va global tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ling!

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍3
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-7-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari Gabala shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

#Mirziyoyev #sammit #Ozarbayjon #TDT

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤9🔥1
#dayjest

OTMlarda dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyg‘unligi

🔵Buxoro davlat texnika universiteti;

🔵Andijon davlat pedagogika instituti;

🔵Farg‘ona davlat texnika universiteti;

🔵Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔵Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔵Qarshi davlat universiteti;

🔵O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

🔵Olmaliq davlat texnika instituti;

🔵Namangan davlat pedagogika instituti;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22
Bugungi tadbir — mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim platformadir.


Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim vazirliklari, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiya ta’lim tizimi vakillari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik ishtirok etmoqda.

Forum yalpi majlisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi haqida to‘xtaldi.

“Bizni birlashtiruvchi tarix, madaniyat va qadriyatlar negizida zamonaviy bilim hamda innovatsiyalar asosida yangi avlod pedagoglarini tayyorlash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda”,

— dedi vazir.

Nutq davomida u so‘nggi yillarda O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish borasida erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/91101

#xalqaro_forum #vazir #Nukus #yalpi_majlis

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍12👏2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

🇺🇿🇧🇾 Innovatsion hamkorlik: O‘zbekiston va Belarus ta’lim forumi Farg‘onada

Joriy yilning 7–8-oktyabr kunlari Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida tashkil etilgan Ikkinchi ta’lim forumi — “Innovatsion hamkorlik: Oliy va professional ta’lim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Belarus forumi” bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida ikki davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik kelishuvlarini imzolash, qo‘shma ilmiy va innovatsion loyihalar taqdimotlarini o‘tkazish, shuningdek, dual ta’lim tizimi yo‘nalishida ilg‘or tajribalar almashinuvi rejalashtirilgan.

Forumni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇺🇿🇧🇾 Иннновационное сотрудничество: образовательный форум Узбекистана и Беларуси в Фергане

7-8 октября текущего года в Ферганском государственном университете состоится Второй образовательный форум между Республикой Узбекистан и Республикой Беларусь — «Инновационное сотрудничество: Форум Узбекистана и Беларуси по вопросам высшего и профессионального образования».

В ходе мероприятия планируется подписание соглашений о сотрудничестве между высшими и профессиональными учебными заведениями двух стран, проведение презентаций совместных научных и инновационных проектов, а также обмен передовым опытом в области дуальной системы образования.

В целях организации форума на высоком уровне в Ферганском государственном университете ведется активная подготовка к мероприятию.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram l
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍6🔥2😁2🥰1