Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_forum #Birinchi_kun #Memorandum

🇺🇿🇧🇾 O‘zbekiston va Belarus respublikalari oliy va kasbiy ta’lim bo‘yicha Ikkinchi forumining plenar majlisi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona davlat universitetida “Innovatsion hamkorlik: oliy va professional ta’lim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Belarus forumi” mavzusida Ikkinchi ta’lim forumining yalpi yig‘ilishi bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov, Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Aleksandr Baxanovich hamda ikki davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Forum doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

Forum doirasida 30 ga yaqin anglashuv memorandumi, hamkorlik bitimi va yo‘l xaritalari imzolandi.

Mazkur forum O‘zbekiston va Belarus respublikalari o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va strategik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇺🇿🇧🇾 Состоялось пленарное заседание Второго форума по высшему и профессиональному образованию республик Узбекистан и Беларусь

В Ферганском государственном университете состоялось пленарное заседание Второго образовательного форума на тему «Инновационное сотрудничество: Форум Узбекистана и Беларуси по вопросам высшего и профессионального образования».

В мероприятии приняли участие первый заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан Сардор Раджабов, заместитель министра образования Республики Беларусь Александр Баханович, а также руководители высших и профессиональных учебных заведений двух стран. На состоявшихся в рамках форума двусторонних встречах были обсуждены совместные инициативы, направленные на углубление практического сотрудничества и повышение качества образования.

В рамках форума было подписано около 30 меморандумов о взаимопонимании, соглашений о сотрудничестве и дорожных карт.

Ожидается, что данный форум позволит вывести отношения между Узбекистаном и Беларусью в сфере образования на новый уровень, внедрить передовой опыт и укрепить стратегическое партнерство.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍7🔥2
Kelgusi hafta Toshkentda Turkiy universitetlar ittifoqining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Gabala shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqining asosiy qismida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq masalalariga to‘xtaldi.

Jumladan, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda yoshlar orasida yot va buzg‘unchi g‘oyalar tarqalishining oldini olish borasidagi amaliy tashabbuslar ilgari surildi.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi nutqi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍4
#Xalqaro_forum

🇺🇿🇧🇾 Xalqaro forum doirasida “Dron reysing” musobaqasi va innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Belarus Ikkinchi ta’lim forumi doirasida dron operatorlarining kasbiy mahoratini oshirish va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Dron reysing” musobaqasi tashkil etilib, shuningdek, oliy va kasbiy ta’lim muassasalari olimlari, tadqiqotchilari va ixtirochilari tomonidan ilg‘or ishlanmalar hamda innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Mazkur tadbirlar ishtirokchilarga yangi g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalar olami bilan yaqindan tanishish, shuningdek, o‘z kasbiy tajriba, ilmiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini almashish imkoniyatini yaratdi, bu esa yosh mutaxassislar va tadqiqotchilarning kreativ fikrlash hamda ilmiy-texnologik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇺🇿🇧🇾 В рамках международного форума состоялись конкурс «Дрон Рейсинг» и выставка инновационных разработок

В рамках Второго образовательного форума Узбекистана и Беларуси в целях повышения профессионального мастерства и развития знаний и практических навыков операторов дронов в области современных технологий был организован конкурс «Дрон Рейсинг», а также учеными, исследователями и изобретателями высших и профессиональных учебных заведений была представлена выставка передовых разработок и инновационных продуктов.

Эти мероприятия предоставили участникам возможность познакомиться с миром новых идей, инновационных подходов и цифровых технологий, а также обменяться своим профессиональным опытом, научными знаниями и практическими навыками, что способствует развитию креативного мышления и научно-технологического потенциала молодых специалистов и исследователей.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍5😁4🔥1🤩1