Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuv tayyorlashni taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirish hamda mamlakatlar iqtisodiyoti barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator amaliy takliflar bilan chiqdi.

Jumladan, davlatimiz rahbari:

➖O‘zbekiston Toshkent shahrida “INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida MDH innovatsion sanoat forumini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi;

➖Raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida ko‘p tomonlama amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi;

➖Diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida MDH Yoshlar forumini o‘tkazib, Yoshlar innovatsiya laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤19
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TATU — birinchilardan O‘zbekistonda ABET xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tgan universitet bo‘ldi!

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) “Axborot xavfsizligi” ta’lim dasturi jahonning eng nufuzli muhandislik va texnologiya ta’limini baholovchi tashkiloti — ABET tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Akkreditatsiya 2025–2031-yillarga mo‘ljallangan.

Bu — nafaqat TATU, balki O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro miqyosdagi tan olinishi!

“Xo‘sh, ABET o‘zi qanday tashkilot? Bu tashkilot akkreditatsiyasidan o‘tish nima uchun muhim?” – deb qiziqayotgan bo‘lsangiz videoni oxirigacha ko‘ring👆.

#Akkreditatsiya #TATU #ABET #AxborotXavfsizligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥22👍18❤16
Malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun xalqaro ekspert ishtirokida seminar o‘tkazildi

10-oktabr kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Sankt-Peterburg davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti dotsenti, Amaliy iqtisod tadqiqotlari markazi rahbari V.A. Bazjina ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida tinglovchilar universitet va biznes sektori o‘rtasidagi hamkorlikning zamonaviy shakllari, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish yo‘llari bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar.

Seminar tinglovchilarda xalqaro tajribani o‘rganish, iqtisodiy tahlilni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish va oliy ta’lim muassasalari hamda biznes o‘rtasida amaliy hamkorlikni kuchaytirish borasida yangi g‘oyalar uyg‘otdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍9😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Markaziy Osiyo - Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ilgari surilgan tashabbuslar (video)

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Rossiya #tashabbuslar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤4
Texnikum o‘quvchilari xalqaro kasbiy mahorat chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

5–9-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Aktau shahrida ilk bor “TurkicSkills–2025” xalqaro kasbiy mahorat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi 8 ta davlatdan 70 nafar yoshlar 10 ta kasb bo‘yicha bellashdilar.

O‘zbekiston terma jamoasi Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi 6 ta texnikumdan 7 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchi va ekspertlar bilan ishtirok etdi.

Quvonarlisi, Paxtachi tuman 1-son politeхnikum o‘quvchisi Javohir Xoliqulov “Payvandlash” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni egalladi, Bulung‘ur tuman 1-politexnikumi o‘quvchisi Saidumar Norqo‘ziyev esa “Elektromontaj” yo‘nalishida yuqori natija ko‘rsatib, “Mahorat medali” bilan taqdirlandi.

Chempionat yakunida tarixiy voqea ro‘y berdi — “TurkicSkills” estafetasi O‘zbekistonga topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92520

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍26🔥4
2026-yil kvotasi.pdf
1.8 MB
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⚡️⚡️⚡️
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍9🔥3
#InnoWeek_2025

InnoWeek-2025 bugun ham o‘z ishini davom ettirmoqda

Avtobuslar qatnovi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

“InnoWeek-2025” ko‘rgazmasida namoyish etilayotgan innovatsion loyihalar orasida ekoasfalt ko‘pchilikning eʼtiborini tortdi.

Taklif etilayotgan innovatsiya oddiy asfalt mustahkamligini 2 barobarga oshiradi. Natjada yo‘lning xizmat qilish muddati 7-8 yilga uzayadi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
2❤24👍17🎉2