Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #kelajak_soatlari

Oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soatlari” darslari davom etmoqda

🔵 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

🔵 О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

🔵 Toshkent davlat texnika universiteti;

🔵 Termiz davlat pedagogika instituti;

🔵 Nukus davlat pedagogika instituti;

🔵 Andijon davlat chet tillari instituti;

🔵 Samarqand davlat pedagogika instituti;

🔵 Namangan davlat pedagogika instituti;

🔵 Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🔵 O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti;

🔵 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

🔵 Qarshi davlat texnika universiteti;

🔵 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔵 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

🔵 Turon universiteti;

🔵 Toshkent davlat transport universiteti;

🔵 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔵 Olmaliq davlat texnika instituti;

🔵 Xalqaro innovatsion universiteti;

🔵 Milliy estrada san’ati instituti;

🔵 TDIU Samarqand filiali;

🔵 Buxoro davlat universiteti;

🔵 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔵 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

🔵 Andijon davlat pedagogika instituti;

🔵 Milliy rassomlik va dizayn instituti;

🔵 O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

🔵 O‘zDXA Urganch filiali;

🔵 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

🔵 Urganch davlat universiteti;

🔵 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

🔵 Urganch davlat pedagogika instituti;

🔵 SamDU Urgut filiali;

🔵 Farg‘ona davlat universiteti;

🔵 Geologiya fanlar universiteti;

🔵 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🔵 Toshkent davlat tibbiyot universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy markaz hamda Cambridge University Press & Assessment sizni yilning katta ta’limiy voqealaridan biri “Cambridge Day” tadbiriga taklif qiladi!

🎓 Bu – ingliz tili o‘qituvchilari, til markazi rahbarlari, universitet professorlari va ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun bilim va tajriba almashish, yangi metodikalar bilan tanishish hamda global tajribaga ega bo‘lish imkoniyatidir.

🗓 Sana: 8-noyabr
📍 Joy: Buxoro
⏰ Ishtirok etish: Bepul (oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur)

⭐️ Tadbir dasturi quyidagilardan iborat:

✅ Cambridge mutaxassislari bilan mahorat darslari va seminarlar
✅ Zamonaviy ta’lim resurslari bilan tanishuv
✅ Sertifikat bilan taqdirlanish imkoniyati
✅ Hamfikr o‘qituvchilar bilan netvorking

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:

➡️ Cambridge Day Uzbekistan 2025 rasmiy sahifasi

🔰 O‘qituvchi sifatida pedagogik mahoratingizni rivojlantirish va global tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ling!

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
#Olimlar_minbari
#13-18.10.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Yangi O‘zbekiston shijoati” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

“Eng go‘zal meros” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

“Iqtisodiy sakrash yo‘liga qat’iy qadam O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi ikki baravar o‘sdi” — Qalandar ABDURAHMONOV, Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik;

“Yoshlar bandligi – rivojlanishning muhim omili” — Muhammadjon DADAMIRZAYEV, Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor;

“Birdamlik yo‘lidagi hayotiy tashabbuslar turk dunyosi davlatlarining mavqeini yanada mustahkamlaydi” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori, professor;

“O‘zbekiston – yangi mintaqaviy tizimning asosiy me’morlaridan biri” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

“Turkiy davlatlar tashkiloti: mintaјaviy formatdan – global maydonga” — Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor;

“Dunyo bilan hamjihatlik – barqaror rivojlanish asosi” — Mash’al SAIDOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Kuzatuvchi emas, yangilanishlarning faol ishtirokchilari” — Gulnora ABDURAHMONOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

«ООН — Узбекистан: конструктивное сотрудничество с глобальным сообществом» — Мухиддин БАФАЕВ, проректор Бухарского государственного педагогического института, доцент;

“Samarqand UNESСO yubiley sessiyasini o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda” — Usmonjon BOʻTAYEV, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti prorektori, professor;

«Реформы в вузах – ключ к конкурентоспособности Узбекистана на мировой арене» — Отабек ЮСУПОВ, проректор Узбекского государственного университета мировых языков;

“Xalqaro darajaga chiqqan milliy model” — Naim OBLOMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Высшее образование Узбекистана перед вызовами цифровой эпохи» — Лайло АХМЕДОВА, профессор Узбекского государственного университета мировых языков;

“Oliy ta’limni strategik qo‘llab-quvvatlash davrning ustuvor yo‘nalishi” — Habibjon QOʻSHIYEV, Guliston davlat universiteti professori;

“Iqtisodiy barqarorlikning muhim omili” — Bakriddin ZARIPOV, Samarqand davlat universiteti professori; Sirojiddin O‘ROQOV, shu universitetning Biokimyo instituti direktori; Bo‘ston ISLOMOV, shu universitetning Botanika kafedrasi dosenti;

«От экономики ресурсов к экономике знаний: новые инициативы Узбекистана в рамках СНГ» — Сулхия ГАЗИЕВА, доцент Ташкентского государственного университета востоковедения, директор Центра устойчивого экономического развития ТГУВ;

“Yashil” energiya — strategik tanlov, hayotiy zarurat” — Oʻrolboy XOLIQNAZAROV, Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2
4️⃣4️⃣4️⃣

“ICT Competition 2025-2026 ME&CA” uchun ro‘yxatga olish jarayoni ochiq!

Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 100dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 210 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2025/2026” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.

Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 31-oktabr 2025-yil.

Havola orqali o‘ting va global bosqichda o‘zingizni namoyon etish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot oling:
https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2025/huawei-ict-competition-2025-2026-registration-launch 👈

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola👈

#ICTheFuture #DigitalTalent #DigitalEducation #DigitalUzbekistan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni.
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.

Cho‘lpon bobom bo‘g‘zidagi so‘zi sensan,
Qodiriyning ilhaq boqqan ko‘zi sensan.
Ey buyugim, ey ulug‘im, Ona tilim,
Mir Alisher Navoiyning o‘zi sensan.

Butun dunyo bilar sening borligingni,
Seni suygan dilga sen ham yorligingni.
Senga g‘ayri so‘zlar qo‘shib yurguvchilar,
Bilib qo‘ysin, bizga nomus-orligingni.

Til muqaddas, til o‘zgacha olam deymiz,
Til bilganni eng suyukli bolam deymiz.
Oqil farzand o‘z onasin ardoqlagay,
Ona tilim, seni bizlar Onam deymiz.

Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘urur-u ham sharaf-shon, Ona tilim.
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6🔥3👏1
O‘zbek tili bayrami — milliy g‘urur va ma’naviyat timsoli

Bugun yurtimizda katta faxr va g‘urur bilan nishonlangan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk alloma va mutafakkir hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi mas’ullari, shuningdek, oliygohlar rahbarlari, professor-o'qituvchilar, talabalar va o'quvchilaq qatnashdilar.

O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar Muqimiy, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqa adiblar haykali atrofidagi oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, o‘zbek tili va adabiyoti mavzusidagi ijodiy uchrashuvlarga ulanib ketdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍4😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, sun’iy intellekt texnologiyalari uchun O‘zbek tili korpusini yaratishga topshiriq berdi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤17👍10🔥2🤩1
#qonunchilik_yangiliklari

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi

“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-309-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 seysmik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror qurilish sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;

🔹 tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.

🔹 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

🔗 Institut faoliyati o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.

✔️ Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2🎉2
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparatining bir qator rahbar lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyruqlari bilan:

Daminov Asqarali Davlatovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Isoqov Abdusaid Jalilovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Energiya samaradorligi va ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👏13🔥4👍3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

O‘zbekistonda ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi

2025-yil 25–26-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magi bilan Toshkent shahrida xalqaro nufuzli reyting agentligi Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi. Tadbirga Central Asian University mezbonlik qiladi.

Forum “Imkoniyatlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklarni qurish” mavzusida o‘tkazilib, u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda Yevroosiyo bo‘ylab O‘zbekiston universitetlarining xalqaro nufuzini oshirish masalalariga bag‘ishlanadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalardan 300 dan ortiq akademik rahbarlar, siyosatchilar va innovatsion g‘oya mualliflari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ikki kun davomida ma’ruza, strategik munozara va mahorat darslari orqali oliy ta’lim tizimining kelajagi hamda global hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.

👉 Batafsil: https://portal.qshesummits.com/event/eurasiaforum2025/home

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 71 200 05 22, 71 208 12 34

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍5👏1
#Kasbiy_taʼlim

Yunusobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari Yaponiyada amaliyot o‘taydilar

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari masʼullaridan iborat delegatsiya hozirda Yaponiya davlatining Kobe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Kobe universiteti hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuvlar davomida Yunusobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning Yaponiyada amaliyot o‘tashi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/94813

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3❤13👍5👏4🔥1