Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Senatorlar “Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyani (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni maʼqulladi.

Ushbu Qonun Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, bu xalqaro hujjat BMTning oliy taʼlim sohasidagi ilk global shartnomasi bo‘lib, u dunyo miqyosida malakalarni adolatli va shaffof baholash, mintaqalararo akademik mobillikni rivojlantirish hamda talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning erkin harakatlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Konvensiya taʼlim hujjatlarini tan olishda umumiy tamoyillarni belgilaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9🔥1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Jibuti ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi


1-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Jibuti Respublikasi ta’lim vaziri Moxamed Maxamud Mustafa bilan uchrashdi.

Suhbatda ikki davlat o‘rtasida oliy va kasbiy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98648

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ushbu dastur O‘zbekiston va dunyo o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi, deb umid qilaman” — Saida Mirziyoyeva

Yaqinda Oksford universitetida ilk bor yo‘lga qo‘yilgan o‘zbek tili dasturining ayrim jihatlari haqida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ma’lumot berildi. Maxsus reportajda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva dunyoga mashhur ushbu oliygohda bo‘lgan o‘sha muhim tashrifning eng esda qolarli daqiqalari esga olinadi.

👉 https://kun.uz/55575463

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👏10👍6
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Pokiston taʼlim, fan va kasbiy tayyorgarlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar

2025-yil 1-noyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Pokiston Islom Respublikasining federal taʼlim va kasbiy tayyorgarlik boʻyicha davlat vaziri Vajixa Qamar xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, shuningdek, kasbiy taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98728

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤8
#Xalqaro_forum

Italiyada yillik ETF monitoring forumi bo‘lib o‘tdi

DARYA loyihasi doirasida 2025-yil 28–29-oktabr kunlari Italiya Respublikasining Milan shahrida Yevropa Ta’lim Fondi (ETF) tomonidan yillik “Amaliy harakatlar — Monitoring forumi” o‘tkazildi.

O‘zbekiston nomidan forumda Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i Sh. Sharofatdinov ishtirok etdi. Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Yevropa davlatlari vakillari ta’lim, kasbiy ko‘nikmalar va bandlik sohalaridagi yangi tashabbuslarni muhokama qildilar.

Forum davomida 2025-yilgi monitoring natijalari taqdim etilib, yangi “Ko‘nikmalar yetishmovchiligi indeksi” (Skills Gap Index) ta’riflandi. Shuningdek, mamlakatlar bo‘yicha yangilangan “Country fiche” hisobotlari ham e’lon qilindi.

2026-yil uchun Yevropa Ta’lim Fondining ustuvor yo‘nalishlari sifatida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va kasbiy ta’lim sifatini oshirish belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍1