Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etish uchun 3-4-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Эмира Государства Катар Шейха Тамима бин Хамада Аль Тани 3-4 ноября посетит эту страну с рабочим визитом для участия во втором Всемирном саммите по социальному развитию.

#Mirziyoyev #tashrif #Qatar #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤7👍3🤔3
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.

📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤7👍1🤔1
#xalqaro_forum #2_kun

O‘zbekiston - Xitoy Ikkinchi ta’lim forumi davom etmoqda

Ayni daqiqalarda forum o‘z ishini uchta yo‘nalish - oliy ta’lim va fan, professional ta’lim hamda innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha parallel sho‘balarda olib borilmoqda.

Kun davomida tomonlar o‘rtasida B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar hamda fikr almashuvlar o‘tkaziladi. Shuningdek, forum yakunida erishilgan natijalar e’lon qilinib, taqdimotlar tashkil etiladi.

Dastur doirasida ishtirokchilar uchun universitet va texnikumlarga tashriflar ham rejalashtirilgan.
____
乌兹别克斯坦-中国第二届教育论坛正在进行中

目前,论坛正以三个方向同步进行,分别是高等教育和科学、职业教育以及创新和技术转让。

在当天,双方将举行B2B形式的双边会晤和意见交流。此外,论坛结束时将公布成果并进行演示。

活动期间,还计划安排参与者参观大学和技术学校。

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6🔥4
#EducationFair2025 #imkoniyat

“Japan Education Fair 2025”: Yaponiyada taʼlim olish uchun yangi grant imkoniyatlari


3-noyabr kuni Toshkent shahrida “Japan Education Fair 2025” — Yaponiya taʼlim koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Tadbir Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sukuba va Nagoya universitetlari hamda Oʻzbekiston–Yaponiya markazi hamkorligida tashkil etildi.

Koʻrgazmaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hirata Kenji hamda Oʻzbekiston–Yaponiya markazi hamdirektori Ivazaki Xiro ishtirok etdi.

Taʼlim koʻrgazmasida keng jamoatchilik, oʻquvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar hamda Yaponiyada taʼlim olishga qiziqqan fuqarolar qatnashmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu yilgi “Japan Education Fair 2025” koʻrgazmasi ilk bor uchta shaharda — Samarqand, Toshkent va Buxoroda oʻtkazilmoqda. 1-noyabr kuni Samarqand davlat universitetida start olgan mazkur tadbir bugun Toshkentda, 5-noyabr kuni esa Buxoro davlat universitetida davom etadi.

Koʻrgazmada Yaponiyaning 11 ta nufuzli universiteti ishtirok etib, oʻzbekistonlik yoshlar uchun turli grant dasturlarini taqdim etmoqda. Bu grantlar orqali talabalar magistrlik va doktorantura bosqichlarida bepul tahsil olish, ilmiy izlanishlar olib borish va Yaponiya kompaniyalarida amaliyot oʻtash imkoniga ega boʻladilar.

Taʼlim koʻrgazmasi keng jamoatchilik — oʻquvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar hamda Yaponiyada taʼlim olishga qiziqqan fuqarolar uchun ochiq boʻldi.

Yaponiyada tahsil olish istagida bo‘lganlar quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin:


Tel: (78) 120-73-94 / 95 / 96
Mobil: (+99890) 320-36-60

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98980

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍10👏1🤔1
Toshkentdagi ikkita texnikumda Xitoy–O‘zbekiston ustaxonalari ochildi

2025-yil 3-noyabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston – Xitoy Ikkinchi Ta’lim Forumi o‘z ishini davom ettirdi.

Forum davomida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandumlar imzolandi, qo‘shma o‘quv va startap loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Toshkent transport texnikumida “Xitoy–O‘zbekiston telekommunikatsiyalar sanoati ustaxonasi” hamda Shayxontohur politexnikumida “Xitoy–O‘zbekiston yangi energiya vositalari ustaxonasi” ochildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99297

#xalqaro_forum #oliytaʼlim #kasbiytaʼlim

Bizni kuzatib boring

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍9❤8🔥2👏2🤔1