Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

🏛 Bugun Toshkent davlat texnika universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan, 102 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olishga erishgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi tashkil etildi. Unda o‘z hududlarida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan 48 nafar ishtirokchilar 2 shart: test va insho yozish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar tanlov g‘oliblari deb topildi:

🔹1-o‘rin: Ra’no Abduxamidova – ToshDO‘TAU talabasi;
🔹2-o‘rin: Shaxnoza Yusupova – O‘zMPU talabasi;
🔹3-o‘rin: A’loxon Hasanova – CHDPDU talabasi;
🔹4-o‘rin: Muxlisa Pardayeva – QarDU talabasi;
🔹5-o‘rin: Shahzoda Sog‘inboyeva – NamDU talabasi.


Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va mos ravishda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m, 3-o‘rin 5 million so‘m, 4-o‘rin 3 million so‘m va 5-o‘rin 2 million so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlanadi.

☝️Tanlov nizomiga muvofiq, final bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilar vazirlik tomonidan elektron sertifikat hamda o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan hududiy bosqichdagi natijasi uchun pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Barcha g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni samimiy muborakbod etamiz.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤10👏1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Turkmaniston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi


16-noyabr kuni Toshkent shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Bayramgul Orazdurdiyeva va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan sohalarda kadrlar tayyorlash, tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, quyidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi:

✅o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qisqa muddatli stajirovkalar, "Erazmus+" dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish;
✅qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ikki diplomli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
✅"WorldSkills – 2026" tadbirini O‘zbekistonda Turkmaniston bilan hamkorlikda o‘tkazish;
✅qishloq xo‘jaligi, sug‘orish texnologiyalari, cho‘l hududlarini melioratsiyalash, yashil energetika, suv resurslarini boshqarish, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kabi sohalarda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
✅shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, akademik mobillikni kengaytirish va texnoparklar hamkorligini kuchaytirish.


B. Orazdurdiyeva mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, soha bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qo‘shma ishchi guruh tashkil etish va 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍4🔥1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Sammitda, xususan, suv xo‘jaligi sohasida kadrlarni professional tayyorlashga sarmoya kiritish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqotlar universiteti
negizida Suv xo‘jaligi sohasidagi mintaqaviy vakolatlar markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Ilmiy-ta’lim kooperatsiyasi doirasida davlatlararo loyihalarni moliyalashtirish, akademik hamjamiyatni rag‘batlantirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish imkoniyatlarini kengaytirish uchun Ilmiy tadqiqotlar fondini tashkil etish taklif qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍12👏1