Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Barkamol_avlod
#Badminton #Taqdirlash

Badminton bo‘yicha Respublika final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi


25-28-noyabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining badminton bo‘yicha final bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Final bosqichida 14 ta jamoa, jami 154 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

🏆 Musobaqa yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Sirdaryo viloyati
3-o‘rin — Buxoro viloyati

Barcha g‘olib ishtirokchilarni tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda muvaffaqqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11🎉3❤2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fuqarolik_jamiyati

1-5-dekabr kunlari “Fuqarolik jamiyati haftaligi” bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq, har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” o‘tkazilishi belgilangan.


📹 Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🎉1
#sport

FarDU talabasi - Prezident olimpiadasi g‘olibi

Prezident Olimpiadasida Yunon-rum kurashi bo‘yicha 92kg vazn toifasida FarDU Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Faxrikamol Komiljonov oltin medalni qo‘lga kiritib musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

G‘alaba muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤6👏3🔥2🤩1
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirdan avval davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlari tomonidan yaratilgan sunʼiy intellekt loyihalari va startaplar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari forumning ochilishida nutq soʻzlab, SI bo‘yicha islohotlar samarasi va kelgusidagi vazifalarga to‘xtaldi. Jumladan:

➖AT sohasida taʼlim berayotgan oliy taʼlim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi.

➖Kelgusi yilda NVIDIA bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri ishga tushiriladi;

➖“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi va 2030-yilgacha 4,75 mln o‘quvchi-talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi SI bo‘yicha o‘qitiladi.

➖Har yili noyabr oyi “Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi” sifatida o‘tkaziladi va “Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi” muntazam tashkillashtiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍6🤔2🔥1🎉1