Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#JamoatchilikKengashi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi


1-dekabr kuni Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Jamoatchilik kengashlari forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir "Yuksalish" harakati tomonidan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbеkistonda davlat хizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi ko‘magida tashkil etildi.

Forumda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faoliyati, ularning samaradorligini oshirish, ilgʻor tajribalarni joriy etish, shaffof boshqaruv va jamoatchilik nazoratini institutsional asosda mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan bir qator yoʻnalishlarda faol faoliyat olib borayotgan kengashlar “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ham ushbu nufuzli mukofotga munosib deb topildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5
#tanlov #natija

🇺🇿 “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.

☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.

✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍9🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_33

Qonun oldida tenglik – jamiyat taraqqiyotining asosiy mezoni

O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bu prinsip – jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, totuvlik va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmatni ta’minlaydigan eng muhim konstitutsiyaviy qoidalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍10😁7🔥5👏3
Hurmatli fuqarolar!

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borishda mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.

📌 Sana: 10.12.2025
⏰ Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Universitet ko‘chasi., 7-uy

Eshituv maqsadi: jamoatchilik fikrini tinglash.

🔵Muhokamada ishtirok etishni xohlagan fuqarolar, NNTlar va mutaxassislar quyidagi raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi: 71 203-32-31.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1🔥1
Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

“Ilgari avtomobilsozlik deganda hamma faqat Asakani tushunardi. Hamkorlarimiz bilan Jizzaxda ham yiliga 175 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi”,

– dedi Prezidentimiz.

Jizzax politexnika institutining Muhandislik maktabi ochildi. Bu yerda har yili 300 nafar viloyat yoshlari dual taʼlim asosida zamonaviy muhandis boʻlib chiqadi.

Ushbu institut Vengriyaning mashhur Obuda universiteti boshqaruviga berilib, unda nafaqat avtosanoat uchun, balki elektrotexnika, transport, qurilish va qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligida muhandislar, sunʼiy intellekt boʻyicha mutaxassislar tayyorlash ham yoʻlga qoʻyilishi taʼkidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤8