Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Rektorlar talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishdilar

Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga tashrif buyurib, yashash sharoitlari va qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.

Quyidagi oliy ta’lim tashkilotlarining TTJ va ijara manzillari ko‘zdan kechirildi:

Toshkent kimyo xalqaro universiteti;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali;

Milliy rassomlik va dizayn instituti

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Milliy estrada san'ati instituti

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

Guliston davlat pedagogika instituti


Ta’kidlanishicha, o‘rganishlar davomida TTJlardagi isitish tizimi, xavfsizlik va sanitariya holati, maishiy qulayliklar hamda talabalar uchun yaratilayotgan qo‘shimcha shart-sharoitlarga ahamiyat qaratilgan.

Shuningdek, talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida talabalar turar joyida “palov kechalari” o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤16👍10🔥3👏2😁1
3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍9🔥1
#SenKuchlisan

“Biz tengmiz — bir safdamiz!”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorlikda 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Inklyuziv raqs va cheklovsiz ijod” shiori ostida “Biz tengmiz — bir safdamiz” nomli ilmiy-ijodiy tadbir bо‘lib о‘tdi.
 
Tadbir O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova rahbarligidagi “Eshitishida va so’zlashuvida nuqsoni bo’lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish” mavzisidagi amaliy loyiha doirasida o’tkazildi.

Tadbirning badiiy qismida imkoniyati cheklangan bolajonlar tomonidan raqslar ijro etildi. Shuningdek, xalqimizning sevimli san’atkorlari ishtirokida kuy va qo‘shiqlar taqdim etildi.

Tadbir davomida “Sen kuchlisan” xayriya aksiyasi doirasida saraton kasalligiga chalingan bemor bolalar tomonidan chizilgan qariyb 100 ta surat namoyish qilinib, kimoshdi savdosi tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5🔥2
O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida 14 nafar mutaxassis Xitoyda malaka oshirmoqda

Xitoyning Anhuy suv xo‘jaligi va gidroenergetika texnika kolleji taklifiga binoan 2025-yil 1–8-dekabr kunlari “Yangi energiya transport vositalari” yo‘nalishida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Ushbu kurslarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi texnikumlardan jami 14 nafar mutaxassis saralangan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107525

👉 На русском
👉 In English

#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤6👏2