Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekistonlik o‘quvchi “WorldSkills Asia Taipei – 2025”da “Millat faxri” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Xitoy Xalq Respublikasi Taypey shahrida joriy yilning 27–29-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “WorldSkills Asia Taipei – 2025” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida O‘zbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi Iqbolmirzo Abdusamadov elektromontaj yo‘nalishida faol ishtiroki va yuqori mas’uliyati uchun WorldSkills International tomonidan beriladigan “Best of Nation” – “Millat faxri” mukofotiга sazovor bo‘ldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107772

#kasbiy_taʼlim #xalqaro_musobaqa

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍11🔥1
3-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiya Federatsiyasi Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov hamraisligida o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ham ishtirok etdi.

Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmining o‘sishi qayd etilib, asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi. Qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohalari, farmatsevtika ishlab chiqarishini mahalliylashtirish, dori-darmonlar yetkazib berishni kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo va xizmatlar sohasini rivojlantirish, turizm loyihalari, gumanitar, ilmiy va ta’lim almashinuvi, shuningdek, O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍8
Yaponiyada Oʻzbekiston bilan taʼlim va ilm-fandagi strategik sheriklikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilinmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Yaponiyada xizmat safari bilan boʻlib turibdi. Safar doirasida Yaponiyaning yetakchi universitetlari va taʼlim muassasalari rahbarlari, shuningdek, JICAning yuqori darajadagi mutasaddilari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107776

#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍7😁2😱1