Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Cyber4CA loyihasi bo‘yicha boshlangʻich xalqaro uchrashuvlari Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazildi

2025–2028-yillar davomida amalga oshiriladigan Erasmus+ CBHE dasturining yirik tashabbusi — “Cyber4CA: Markaziy Osiyoning raqamli mehnat bozori uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha innovatsion magistratura ta’lim dasturini ishlab chiqish” loyihasining boshlangʻich xalqaro uchrashuvlari Toshkentda tashkil etildi.

Uchrashuvlarning dastlabki ikki kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) bo‘lib o‘tdi. TATU ushbu loyihada Grant Holder sifatida Markaziy Osiyoda zamonaviy kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlash jarayoniga yetakchilik qilmoqda. Tadbirda Ispaniya, Ruminiya, Belgiya, Italiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, tegishli vazirlik, shu jumladan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvlarning uchinchi kuni O‘zbekiston Milliy universitetida davom ettirilib, yangi kiberxavfsizlik magistratura dasturlari uchun o‘quv rejalari va akademik yondashuvlarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110865

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍5
#maqola

Pokiston Bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharifning kitobga soʻz boshi yozgani esa Prezidentimiz gʻoyalariga boʻlgan xalqaro eʼtibor va yuksak hurmatning yaqqol ifodasidir. Buning oʻziyoq Uchinchi Renessans konsepsiyasi nafaqat milliy darajada, balki mintaqaviy va global miqyosda ham dolzarb va ilhom manbai sifatida qabul qilinayotganini koʻrsatadi...


“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 14-dekabr kungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаzirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning “Yangi Oʻzbekiston – ilm-fan, innovatsion texnologiyalar va ilgʻor kashfiyotlar markazi” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3🎉2
#malaka_oshirish

Oliy taʼlim tashkilotlari psixologlarining malakasi oshirilmoqda


2–13-dekabr kunlari Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Psixologiya” yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining birinchi sikli muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur kurslarda respublikamizdagi 30 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan psixologlar ishtirok etdi. Mashgʻulotlar tajribali professor-oʻqituvchilar va sohaning yetuk amaliyotchi mutaxassislari tomonidan amaliy yondashuvlar asosida olib borildi.

Tajriba almashish jarayonlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Geologiya fanlari universitetlarida ko‘chma mashg‘ulotlar shaklida tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤15
#Xalqaro_forum #Talaba_sport

Universitetlar uchun yangi imkoniyat: sport va xalqaro e’tirof


Joriy yilning 10–13-dekabr kunlari Xitoy Taypeyida Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) tomonidan tashkil etilgan “Sog‘lom kampus” dasturi — FISU Healthy Campus Programme taqdimot forumida O‘zbekiston talabalari sporti assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

FISU — Healthy Campus dasturida ishtirok etish universitetlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

– FISU (Xalqaro studentlar sporti federatsiyasi) tomonidan rasman tan olinib, FISU sertifikatiga ega bo‘ladi.
– Xalqaro sport va ta’lim hamjamiyatida nufuzi oshadi.
– Universitetda jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish, ruhiy barqarorlik va ijtimoiy muhit yaxshilanadi. Bu ta’lim samaradorligiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
– Sertifikatga ega universitetlar FISU va UNESCO grantlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi hamda bu orqali xalqaro QS va THE reytinglarida “Student Wellbeing” (talaba farovonligi) yo‘nalishida yuqori baholanishi mumkin.
– Yevropa, Osiyo va Amerika universitetlari bilan qo‘shma loyihalar tashkil qilish imkoni ochiladi.

FISU — Healthy Campus Programme dasturi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lib, jahon standartlari asosida ishlaydi hamda ISO 9001 va ESG standartlariga moslashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤9🔥1