Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#maqola

Pokiston Bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharifning kitobga soʻz boshi yozgani esa Prezidentimiz gʻoyalariga boʻlgan xalqaro eʼtibor va yuksak hurmatning yaqqol ifodasidir. Buning oʻziyoq Uchinchi Renessans konsepsiyasi nafaqat milliy darajada, balki mintaqaviy va global miqyosda ham dolzarb va ilhom manbai sifatida qabul qilinayotganini koʻrsatadi...


“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 14-dekabr kungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаzirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning “Yangi Oʻzbekiston – ilm-fan, innovatsion texnologiyalar va ilgʻor kashfiyotlar markazi” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3🎉2
#malaka_oshirish

Oliy taʼlim tashkilotlari psixologlarining malakasi oshirilmoqda


2–13-dekabr kunlari Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Psixologiya” yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining birinchi sikli muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur kurslarda respublikamizdagi 30 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan psixologlar ishtirok etdi. Mashgʻulotlar tajribali professor-oʻqituvchilar va sohaning yetuk amaliyotchi mutaxassislari tomonidan amaliy yondashuvlar asosida olib borildi.

Tajriba almashish jarayonlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Geologiya fanlari universitetlarida ko‘chma mashg‘ulotlar shaklida tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤15
#Xalqaro_forum #Talaba_sport

Universitetlar uchun yangi imkoniyat: sport va xalqaro e’tirof


Joriy yilning 10–13-dekabr kunlari Xitoy Taypeyida Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) tomonidan tashkil etilgan “Sog‘lom kampus” dasturi — FISU Healthy Campus Programme taqdimot forumida O‘zbekiston talabalari sporti assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

FISU — Healthy Campus dasturida ishtirok etish universitetlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

– FISU (Xalqaro studentlar sporti federatsiyasi) tomonidan rasman tan olinib, FISU sertifikatiga ega bo‘ladi.
– Xalqaro sport va ta’lim hamjamiyatida nufuzi oshadi.
– Universitetda jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish, ruhiy barqarorlik va ijtimoiy muhit yaxshilanadi. Bu ta’lim samaradorligiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
– Sertifikatga ega universitetlar FISU va UNESCO grantlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi hamda bu orqali xalqaro QS va THE reytinglarida “Student Wellbeing” (talaba farovonligi) yo‘nalishida yuqori baholanishi mumkin.
– Yevropa, Osiyo va Amerika universitetlari bilan qo‘shma loyihalar tashkil qilish imkoni ochiladi.

FISU — Healthy Campus Programme dasturi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lib, jahon standartlari asosida ishlaydi hamda ISO 9001 va ESG standartlariga moslashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤9🔥1
#Yarmarka #UzExpo

“Toshkent–2025” sanoat yarmarkasida ilmiy loyihalar namoyish etildi: 3 mlrd soʻmlik shartnomalar imzolandi


15-dekabr kuni poytaxtimizdagi UzExpo koʻrgazmalar majmuasida oʻz ishini boshlagan. “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi – Toshkent-2025” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus pavilyon tashkil etildi.

Pavilyonda oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar tomonidan yaratilgan tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalar, startap loyihalar hamda Yoshlar akademiyasi aʼzolarining innovatsion gʻoyalari taqdim etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111115

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1🔥1🤔1