Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

18–30 yoshli barcha ijodkor, iqtidorli va zamonaviy fikrlovchi talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

⚡️ Endi siz ham vaynerlik qobiliyatingizni namoyon etish, yangi bilim va ko‘nikmalar orttirish hamda o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniga egasiz!

🚀 “Debyut” loyihasi – sizning ilk ijodiy qadamingiz, yangi imkoniyatlar maydoni va kelajakdagi katta yutuqlarga yo‘l ochadigan sahna!

✅ Qiziqarli kontent yaratishni xohlaysizmi?
✅ Ijodiy g‘oyalaringizni ko‘rsatishga intilyapsizmi?
✅ O‘z yo‘lingizni ochish va tanilish istagidamisiz?

Unda ushbu loyihani aslo qo‘ldan boy bermang!

Siz ham “Debyut” ishtirokchisiga aylaning va ijod olamida o‘z yo‘lingizni yarating!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍2😁2👏1
#Olimlar_minbari
#08.12-14.12.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“
Yangi O‘zbekiston – ilm-fan, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or kashfiyotlar markazi” — Sardor RAJABOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;

“
Buyuk maqsadimiz ramzi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

“
Muqobil energiya ulushi ikki baravarga ko‘paydi” — Sadritdin Turobjonov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, akademik;

“Hamkorlikda taraqqiyotga erishamiz” — Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori;

“Ochiq universitet” tamoyili” — Shavkat HASANOV, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori, professor;

“Tinchlik va barqarorlik yo'lidagi mushtarak maqsadlar” – Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori;

“Ismlar xosiyati” — Alibek RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori, akademik;

“Yangi O‘zbekistonning asosiy energiya manbayi” — Sadritdin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

“Sharq – axloq maktabi” — Xurshid QURBONOV, tarix fanlari nomzodi;

«Конституция Узбекистана - опора независимости и гарант устойчивого развития» — Баходир ПУЛАТОВ, Фарход АЗИМОВ, преподаватели факультета военного образования Ферганского государственного университета;

“Ortga qaytmas ishonchli islohotlar” — Bahodir XASANOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori;

“Ijtimoiy barqarorlik va ma’naviyat yoxud globallashuv sharoitida paydo bo‘layotgan tahdidlarga qarshi kurashishning o‘ziga xosligi” — Abduxalil MAVRULOV, tarix fanlari doktori, professor;

«Инклюзивность как продолжение многовековых традиций уважения и доброжелательности» — Дилорамхон КАМБАРОВА, профессор Ферганского государственного университета кандидат педагогических наук;

“Og‘izbirchilik Markaziy Osiyoga yangicha quvvat berdi” — Qonaqboy TURDIBOYEV, filologiya fanlari doktori, professor;

“Huquqshunoslarning tayanchi” — Asadbek ZOIROV, Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti;

«Передовые практики – в профобразование» — Дилфуза УМИРОВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍1😁1🤔1
#Prezident_kubogi

Prezident kubogida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi hamkorligida "Gimnastika barcha uchun!" shiori ostida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogining Respublika bosqichida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Mazkur musobaqada vazirlik jamoasi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, gimnastika sport turini ommalashtirish hamda aholi o‘rtasida jismoniy madaniyatni yuksaltirish borasida yuqori faollik namoyon etdi.

Respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ushbu nufuzli musobaqada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ayollar jamoasi munosib ishtirok etib, yuqori natijani qayd etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤63🔥63👍44👏15😁1
🔊 DIQQAT TANLOV!!!

Bakalavriat yoki magistraturani tamomlayapsizmi? Bitiruv malakaviy ishingiz yoki dissertatsiyangiz ijtimoiy himoya mavzusidami? Tadqiqotingiz amaliyotda qo‘llanib, eʼtirof etilishi va munosib taqdirlanishini istaysizmi? Unda bu tanlov siz uchun!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarining 2025–2026-o‘quv yili bitruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 

1-bosqich ➖ taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab olinadi hamda taqdimot qilinishi uchun keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

2-bosqich ➖ tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi.

Tadqiqot ishi ijtimoiy himoya doirasida bo‘lishi va quyidagi👉 mavzularni qamrab olishi zarur.

Quyidagi hujjatlar 1-iyulgacha info@socialpolicylab.uz elektron manziliga yuborilishi lozim:

1. Talabalik guvohnomasi yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

2. Toʻliq tadqiqot (BMI, dissertatsiya) qoʻlyozmasi;

3. Tadqiqot (BMI, dissertatsiya) annotatsiyasi.

🧮 Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

🎖 Batafsil maʼlumot 👉 bu yerda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17😁2
Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar uchun 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari 15–17-dekabr kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Unda soha mutaxassislari tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, ijtimoiy axloq, rahbar ma’naviyati va kasb etikasi, milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, ma’naviy targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish masalalari yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

#malaka_oshirish #maʼnaviyat #davlat_dasturi_mazmuni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14😁5👍2🔥1🤔1
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oybek Karimovich Ergashev Namangan davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

O. Ergashev tayinlovga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍122❤13😁5🎉3🔥2
Namangan davlat texnika universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi

16-dekabr kuni Namangan davlat texnika universitetida tashkiliy masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Otabek Bozorov, vazirlik hududiy boshqarmasi vakillari va universitet professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida hukumat qaroriga asosan Namangan davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan Oybek Ergashev rasmiy ravishda jamoaga tanishtirildi.

Soʻzga chiqqanlar yangi rahbarning ilmiy salohiyati, tajribasi va boshqaruv qobiliyatini taʼkidlab, unga masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤22🔥5