Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#yalpi_majlis_12

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalasi ko‘rildi

Yalpi majlisda talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍5😁3🤔2😱1
Tokio shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammiti boshlandi.
—
В Токио начался первый саммит Диалога «Центральная Азия + Япония» с участием Президента Шавката Мирзиёева.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤23👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida nutq so‘zladi.
—
Глава нашего государства выступил на первом саммите Диалога «Центральная Азия + Япония».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤15👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitidagi nutqida
Oʻzbekistonda kelgusi yili “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida taʼlim vazirlarining birinchi yigʻilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini oʻtkazishni taklif etdi.

“Yaponiyaning taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi koʻmagini yuksak baholaymiz. Taʼlim, ilmiy va akademik almashuvlarni bundan buyon ham kengaytiramiz va qoʻllab-quvvatlaymiz.

Yoshlar hamjamiyatlari oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, ularning ijodiy, texnologik va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturlarini qabul qilish tarafdorimiz”, dedi Prezident.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥5👍1
Toshkent davlat texnika universiteti delegatsiyasi Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan

Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov Yaponiyaning yirik sanoat va qurilish korxonalari — Daito Trust Construction, Daiwa House hamda Mitsui Sumitomo kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.

Mazkur kompaniyalar global miqyosda faoliyat yurituvchi yirik tashkilotlar boʻlib, Daito Trust Construction — yillik aylanma mablagʻi 11,5–12 mlrd AQSH dollari, Daiwa House — dunyo boʻylab 26 ta ofisga ega, yillik aylanma mablagʻi 35–36 mlrd AQSH dollari, Mitsui Sumitomo esa 41 ta ofisga ega boʻlib, yillik aylanma mablagʻi 25–30 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

Muzokaralar davomida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, talabalar va bitiruvchilar uchun amaliyot hamda ishga joylashish imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.


Shuningdek, rektor Daito Trust Construction kompaniyasida faoliyat yuritayotgan Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashib, ularning mehnat faoliyati va kasbiy rivoji bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤8