Oʻzbekiston Prezidenti Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi.
Tinchlik kengashining tashkil etilishi Oʻzbekiston tashqi siyosatining tinchlikni taʼminlash borasidagi tashabbuslari va koʻp qirrali hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalariga mosdir. Yangi tuzilma BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan qoʻllab-quvvatlangan Gʻazo sektoridagi mojaroni tugatish boʻyicha kompleks rejani amalga oshirish doirasida shakllantirilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍17❤13🔥2🤔2
#soʻragan_edingiz
❓SAVOL: Men 2005-yilda harbiy bilim yurtini tugatganman. Hozirda attestatsiyadan o‘tish jarayonida diplom.edu.uz platformasi orqali ma’lumotlarimni kiritdim. Ammo men o‘qigan oliygoh faoliyati tugatilgan. Bunday holatda diplomimni kim tasdiqlaydi va qayerga murojaat qilishim kerak?
✅ JAVOB: Diplom maʼlumotlarini tasdiqlatish hamda diplom.edu.uz maʼlumotlar bazasiga joylashtirish maqsadida oliy harbiy taʼlim muassasasi bitiruvchisi oliy harbiy taʼlim muassasasiga, faoliyati tugatilgan oliy taʼlim muassasasini bitiruvchisi huquqiy voris etib belgilangan oliy taʼlim muassasasiga, butunlay tugatilgan oliy harbiy taʼlim muassasasi bitiruvchisi esa u boʻysunuvchi yuqori turuvchi tashkilotga, yaʼni tegishli vazirlikka murojaat qilishi lozim.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda diplom ma’lumotlarini raqamlashtirish maqsadida diplom.edu.uz ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Ushbu ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida fuqarolar imkoniyatidan ham foydalanilmoqda. Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining qo‘shma qarori bilan “Oliy ta’lim olganlik haqidagi diplom ma’lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun ariza yuborish elektron xizmatini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlangan. Fuqarolar ushbu Nizomga asosan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza berishlari mumkin. Ariza 15 ish kunida tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va diplom ma’lumotlari tasdiqlanadi. Ushbu Nizom harbiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Faoliyati tugatilgan oliy harbiy ta’lim muassasasi diplomini qanday tasdiqlatish mumkin?

❤16👍4🔥1
Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichi boshlandi
22-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichi doirasida muhim tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantirilgan ekspertlar guruhiga tanlov nizomi, talabgorlarning ilmiy ishlari va erishgan yutuqlarini baholash mezonlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Qayd etish joizki, ekspertlar guruhi respublika oliy ta’lim muassasalarining tajribali rektor va prorektorlaridan iborat.
Ayni kunlarda ekspertlar tomonidan Prezident hamda nomli davlat stipendiyalariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tavsiya etilgan talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari xolisona hamda belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqilmoqda.
#tanlov #Prezident_stipendiya #nomdor_stipendiya

❤39👍23🔥3😁1