Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Yashil yoʻnalishlarda kasbiy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlik muhokama qilindi

2026-yil 26-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilayotgan “Yashil iqtisodiyot uchun kasbiy taʼlim modernizatsiyasi” loyihasi doirasida muzokara uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazir oʻrinbosari Oʻktam Salomov, Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Xusanov, Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatlar bilan ishlash boʻyicha rahbari Mirzo Iskandar Gulamov va bank vakillari ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida “Yashil iqtisodiyot uchun kasbiy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi konsepsiyasi, loyihani baholash boʻyicha hujjatni ishlab chiqish rejasi muhokama qilindi. Tomonlar kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/124596

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍8👏2
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha “poytaxt namunasi” joriy etilishi qayd etildi.

Endilikda har bir vazir bittadan tumanga biriktiriladi. Masalaning muhimligini inobatga olib, Prezident Administratsiyasi vakili ham bitta tumanga biriktiriladi.

Huquq-tartibot oliygohlari quyidagi muammolarni ilm bilan hal qiladi va metodik tavsiyasini tumanda joriy etadi. Oliygoh kafedralari olti oy davomida mahallaga tushib, “mahalla yettiligi” va huquq-tartibot xodimlarini yagona dastur bo‘yicha o‘qitadi.

Huquq-tartibot oliygohlari 3-4 kurs talabalari ham dual ta’lim asosida profilaktika va jamoat tartibini saqlash xizmatlarida amaliyot o‘taydi.

Yangi tizim asosida xavfsiz muhit poytaxtga tutash bo‘lgan va kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatadigan Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida ham yaratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍4
O‘tgan yilda poytaxtda 1,5 mingdan ortiq narkotikka ruju qo‘yganlar rasman ro‘yxatga olingan. Eng achinarlisi, “soya”da bo‘lgan giyohvandlarning soni bundan ham ko‘p. Ularning aksariyati yoshlar.

Ular narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20-25 million so‘m sarflayapti. Giyohvand mablag‘ topish ilinjida jinoyatga qo‘l urishi tabiiy. O‘tgan yili respublika bo‘yicha 64 nafar shaxs giyohvand modda ta’sirida jinoyat qilgan, uning uchtadan bittasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Shu yildan boshlab narko ekspress-testlardan ommaviy foydalanishga o‘tilishi belgilandi.

Giyohvandlikka nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarida rahbarning alohida o‘rinbosari bo‘ladi.

Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining o‘rinbosarlaridan biri bu yo‘nalishga mas’ul etib belgilanadi.

Giyohvandlarni davolashga eng kamida to‘rt oy vaqt talab etiladi. Mutasaddilarga xususiy sheriklik asosida aholiga narkologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍7
Yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi ta’kidlandi.

Lekin bugun turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligi ta’kidlandi.

Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish.

Bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi.

Ushbu guruhlarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6🤔2
#BICHO2026 #BIMO2026

Buxoro davlat universitetida BIMO–2026 va BICHO–2026 xalqaro fan olimpiadalari o‘tkazilmoqda


Buxoro davlat universitetida “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO–2026)” hamda “Bukhara International Chemistry Olympiad – 2026 (BICHO–2026)” xalqaro fan olimpiadalari yuqori saviyada o'tmoqda.

Olimpiada dasturiga muvofiq, individual va jamoaviy bosqichlar tashkil etilgan. Individual bahslar oldidan ishtirokchilar metodik yo‘riqnomalar bilan tanishtirilib, xalqaro talablarga mos tarzda jihozlangan auditoriyalarga joylashtirildi. Jarayonlarda akademik halollik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida mahalliy mas’ullar bilan bir qatorda xalqaro ekspertlar ham jalb etilgan.

Jamoaviy bosqichlarda ishtirokchilar to‘rt kishilik jamoalarda matematika va kimyo yo‘nalishlari bo‘yicha murakkab masalalarni yechmoqda. Ushbu bosqichlar talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, jamoada ishlash, tahliliy va strategik fikrlash ko‘nikmalarini ham baholashga qaratilgan.


Mazkur xalqaro fan olimpiadalari O‘zbekistonda oliy ta’lim va ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi bo‘lib, yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sohasida tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/124850

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍9🔥4😁1