Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari shohsupaga koʻtarildi. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

#Mirziyoyev #RasmiyTashrif #Turkiya

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍5
#vakant

“ToshTech” ishga taklif qiladi!

Toshkent shahrida xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan “ToshTech” texnika universiteti maʼmuriy-boshqaruv, akademik hamda professor-oʻqituvchilar lavozimlari boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Maʼmuriy va boshqaruv lavozimlari:
✅Akademik faoliyat departamenti boshlig‘i;
✅Energetika fakulteti dekani;
✅Akademik masalalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari;
✅Ta’lim sifati va akkreditatsiya masalalari bo‘yicha bosh menejer;
✅PR menejer (matbuot kotibi);
✅AT va kommunikatsiyalar bo‘limi boshlig‘i (CTO);

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
❗️Oliy maʼlumot (muhandislik yo‘nalishiga ustuvorlik beriladi);
❗️Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muhandislik sohasida magistrlik hamda PhD ilmiy darajalarini olganlarga ustuvorlik beriladi;
❗️Ta’lim tizimida kamida 3 yillik ish tajribasi;
❗️Ingliz tilini yaxshi bilishi;
❗️Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish.


Professor-oʻqituvchilar va akademik mutaxassislar uchun taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha:
✅ Elektr muhandisligi (Electrical Engineering);
✅ Sanoat mashinasozligi va avtomobilsozlik muhandisligi (Industrial Mechanical & Automotive Engineering);
✅ Materialshunoslik va muhandislik fanlari (Materials Sciyence & Engineering);
✅ Ilg‘or muhandislik va yangi texnologiyalar (Advanced Engineering & Emerging Technologiyes);

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
❗️Oliy maʼlumot (muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha);
❗️Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muhandislik sohasida magistrlik hamda PhD ilmiy darajalarini olgan;
❗️Ingliz tilini mukammal bilishi.


Universitet quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:

🏛 Zamonaviy kampus;
💻 Xalqaro va zamonaviy ishlash tizimi;
💵 Raqobatbardosh oylik maoshi.

📨 Rezyumeni yuborish uchun:
✉️ info@tashkenttech-edu.uz,
📱 Telegram: t.me/tashtech_uni
🕒 Ish vaqti: to‘liq stavka
🌐 Batafsil ma’lumot: tashkenttech-edu.uz
📍 Ish joyi: “ToshTech” University, Toshkent shahri
📞 Tel.: +998 77 288 82 82, +998 98 001 77 08

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida shu yil bahorda Buxoroda toʻrtinchi Rektorlar forumini oʻtkazishga kelishib olindi.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #kengash

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6
#DavlatDasturi2026

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari KO‘RSATKICHLARI

Muhokamada faol ishtirok eting!


🌐 uzbekistan2030.uz platformasi orqali takliflaringizni bering!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍1
DIQQAT E’LON!

🍔 “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi o‘tkazilishi yuzasidan 30-yanvar kuni matbuot anjumani va yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi.

🌐 Manzil: Navoiy shoh ko'chasi, 15
🕐 Vaqti: 13:30
👥 Ishtirok etuvchi tashkilot vakillari: Ichki ishlar vazirligi, Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi.

🔎 Tadbirga barcha OAV xodimlari taklif etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍9
#DavlatDasturi2026

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi KO‘RSATKICHLARI

Muhokamada faol ishtirok eting!


🌐 uzbekistan2030.uz platformasi orqali takliflaringizni bering!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍2
#Qonunchilik_yangiliklari

Ayrim toifadagi talabalarning turar joy xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi


Ayrim toifadagi davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining turar joy bilan bog‘liq yashash xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi.

1-bosqich: Ariza beruvchi talaba (ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosi bo‘lishi shart) – o‘quv yili uchun turar joy to‘lovining summasini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga maxsus axborot tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Bajarish muddati: Har oyning 7-sanasiga qadar.

2-bosqich: Oliy ta’lim tashkiloti fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari elektron tarzda yuborilgan arizalarni umumlashtirgan holda belgilangan tartibda komissiyaga taqdim etadi.

Bajarish muddati: 1 kun muddatda.

3-bosqich: Komissiya kotibi ma’lumotlarni umumlashtirib, ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun komissiya a’zolariga taqdim etadi.

Bajarish muddati: 1 hafta muddatda.

4-bosqich: Komissiya arizalarni o‘rganib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.

Bajarish muddati: 1 kun muddatda.

5-bosqich: Davlat oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) komissiya yig‘ilishining bayonnomasi asosida tegishli buyruq rasmiylashtiradi. Shuningdek, talabalarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlar buxgalteriyaga taqdim etiladi.

Bajarish muddati: 1 kun muddatda.

6-bosqich: Davlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan talabalar turar joyi uchun oylik to‘lovlarni qoplab berish uchun talabalarning ro‘yxatlari muvofiq hisob-kitoblar bilan birga oliy ta’lim tashkilotining idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi.

Bajarish muddati: Belgilangan muddatlarda.

7-bosqich: Vazirlik va idoralar taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatiga asosan tegishli mablag‘larni oliy ta’lim tashkilotlarining byudjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga so‘rovnoma yuboradi. 2027-yildan boshlab tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining byudjet xarajatlari smetasida rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.

Bajarish muddati: 3 ish kunida.

8-bosqich: Iqtisodiyot va moliya vazirligi belgilangan tartibda mablag‘larni tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining byudjet xarajatlari smetasida rejalashtiradi.

Bajarish muddati: 10 ish kunida.

9-bosqich: Davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarga o‘quv yili uchun talabalar turar joyi uchun oylik to‘lovlarni davlat byudjeti hisobidan qoplab berish to‘g‘risida tegishli oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

Bajarish muddati: Har oyning 15-sanasiga qadar.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍2