Jizzax politexnika instituti Yevropa standartlari sari: Obuda universiteti bilan strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
2025-yil 2-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jizzax politexnika instituti Vengriyaning Obuda universiteti bilan amaliy hamkorlik qilish vazifasi berilgandi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida bo‘ldilar.
2026-yil 27–29-yanvar kunlari institut rektori Alisher Usmonqulov boshchiligidagi delegatsiya Obuda universiteti rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazib, ta’lim, ilm-fan va boshqaruv sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
#xalqaro_hamkorlik
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/126308
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍15❤7👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yangi Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi
Bugun institut hududida talabalar, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va ishchi xodimlar ishtirokida yangi Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori Tohirjon Sultanov ochib berdi.
Markaz faoliyati yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy va ma’rifiy maskan bo‘lib, imiy izlanishlar olib borish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yangi Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi
Bugun institut hududida talabalar, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va ishchi xodimlar ishtirokida yangi Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori Tohirjon Sultanov ochib berdi.
Yangi markaz 5 ta bo‘lim va 20 nafar malakali xodim orqali professor-o‘qituvchilar, talabalar, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilarni 8274 nomdagi 145 480 nusxalik adabiyot bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, markaz elektron resurslar bilan boyitilgan bo‘lib, 14 713 dan ortiq elektron hujjatlar, 8000 dan ortiq raqamlashtirilgan kitoblar, 72 ta kompyuter, yuqori tezlikdagi internet mavjud. O‘quv zallari bir vaqtning o‘zida 220 nafardan ortiq talabaga xizmat ko‘rsatadi va ular zamonaviy o‘quv adabiyotlari, badiiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar hamda kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan.
Markaz faoliyati yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy va ma’rifiy maskan bo‘lib, imiy izlanishlar olib borish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤9🔥1
#XalqaroEtirof #YangiOʻzbekiston #UBS
O‘zbekiston haqidagi kitoblar jamlanmasi MIT markaziy kutubxonasidan joy oldi
“University of Business and Science” (UBS) universitetining tashabbusi bilan O‘zbekistonning boy tarixi va so‘nggi yillardagi islohotlarini aks ettiruvchi 120 dan ortiq fundamental asarlar to‘plami AQShdagi nufuzli Massachusets texnologiya instituti (MIT)ning Hayden kutubxonasiga taqdim etildi.
Boston shahrida o‘tgan rasmiy marosimda ushbu noyob jamlanma MIT kutubxonasi direktori Chris Bourghga topshirildi. To‘plamdan Prezident asarlari, jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish davri va o‘zbek mumtoz adabiyotiga oid muhim ilmiy manbalar joy olgan.
Endilikda dunyoning birinchi raqamli oliygohi tadqiqotchilari va talabalari uchun maxsus tashkil etilgan “O‘zbek kitoblari jamlanmasi burchagi” (Uzbek Books Collection Corner) orqali mamlakatimiz haqidagi ishonchli manbalar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

“Ushbu jamlanmaning MIT kabi nufuzli muassasa fondidan joy olishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro e’tirofi va milliy merosimizni global ilm-fan makoniga olib chiqishdagi muhim qadamdir”, – deya qayd etildi tadbir davomida.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍13🔥4
Toshkent davlat texnika universitetida Xitoy OTMlari bilan hamkorlikda muhandislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent davlat texnika universitetida QS reytingida 47-o‘rinni egallagan, Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanxay Jiao Tong universiteti bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Muloqot yakunida Toshkent davlat texnika universiteti va Shanxay Jiao Tong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat texnika universitetida QS reytingida 47-o‘rinni egallagan, Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanxay Jiao Tong universiteti bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar:
- qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
- professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish,
- ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda olib borish,
- sun’iy intellekt, energetika, axborot texnologiyalari hamda muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.

❤12👍9