#XalqaroEtirof #YangiOʻzbekiston #UBS
O‘zbekiston haqidagi kitoblar jamlanmasi MIT markaziy kutubxonasidan joy oldi
“University of Business and Science” (UBS) universitetining tashabbusi bilan O‘zbekistonning boy tarixi va so‘nggi yillardagi islohotlarini aks ettiruvchi 120 dan ortiq fundamental asarlar to‘plami AQShdagi nufuzli Massachusets texnologiya instituti (MIT)ning Hayden kutubxonasiga taqdim etildi.
Boston shahrida o‘tgan rasmiy marosimda ushbu noyob jamlanma MIT kutubxonasi direktori Chris Bourghga topshirildi. To‘plamdan Prezident asarlari, jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish davri va o‘zbek mumtoz adabiyotiga oid muhim ilmiy manbalar joy olgan.
Endilikda dunyoning birinchi raqamli oliygohi tadqiqotchilari va talabalari uchun maxsus tashkil etilgan “O‘zbek kitoblari jamlanmasi burchagi” (Uzbek Books Collection Corner) orqali mamlakatimiz haqidagi ishonchli manbalar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

“Ushbu jamlanmaning MIT kabi nufuzli muassasa fondidan joy olishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro e’tirofi va milliy merosimizni global ilm-fan makoniga olib chiqishdagi muhim qadamdir”, – deya qayd etildi tadbir davomida.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍13🔥4
Toshkent davlat texnika universitetida Xitoy OTMlari bilan hamkorlikda muhandislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent davlat texnika universitetida QS reytingida 47-o‘rinni egallagan, Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanxay Jiao Tong universiteti bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Muloqot yakunida Toshkent davlat texnika universiteti va Shanxay Jiao Tong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat texnika universitetida QS reytingida 47-o‘rinni egallagan, Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanxay Jiao Tong universiteti bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar:
- qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
- professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish,
- ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda olib borish,
- sun’iy intellekt, energetika, axborot texnologiyalari hamda muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Muloqot yakunida Toshkent davlat texnika universiteti va Shanxay Jiao Tong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍9
Yoshlar orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish: kompleks choralar va aniq natijalar
30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kino saroyida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligiga" bag‘ishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Matbuot anjumanida soʻzga chiqqan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish masalalari vazirlik faoliyatida doimo ustuvor yoʻnalish boʻlib kelayotganini taʼkidladi.
#matbuot_anjumani #giyohvandlik
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/126374
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kino saroyida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligiga" bag‘ishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi vakillari ishtirok etdilar.

❤17👍2