Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tanlov #natija

⚡️Bakalavriat bosqichi bo‘yicha Prezident va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi!


2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichining 101 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTT rahbari tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

➖Prezident davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Ulugʻbek nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Ibn Sino nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Toʻlepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Bobur nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

➖Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.

💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1🎉61❤37👍31🥰3🤔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Diqqat, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar!

🗓 Tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga 5 oy qoldi!

Agar siz bakalavriat va magistraturaning so‘nggi bosqichini tamomlayotgan va ijtimoiy himoya yo‘nalishida bitiruv malakaviy ishi/dissertatsiya yozayotgan bo‘lsangiz — bu tanlov aynan siz uchun! Tadqiqot ishingizni taqdim eting, sovg‘alarni qo‘lga kiriting va natijalarning amaliyotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shing.

↗️ Tanlov haqida to‘liq ma’lumot: https://socialpolicylab.uz/news/41

🎖 socialpolicylab.uz
📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7🔥2
Belarus–Oʻzbekiston institutida yangi bosqich: texnopark, talabalar turar joyi va oʻquv binosi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Toshkent shahridagi Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti hududida barpo etilayotgan yangi texnopark binosining qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Shuningdek, mukammal taʼmirlanishi rejalashtirilgan 450 oʻrinli talabalar turar joyi hamda institutning asosiy oʻquv binosi boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha yechimlari koʻzdan kechirildi, ularning funksional va meʼmoriy jihatlari muhokama qilindi.

Sardor Rajabov institutda taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, tashkil etilgan oʻquv-ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi.


Vazirning birinchi oʻrinbosari talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish, shuningdek, qurilishi yakunlanayotgan texnopark infratuzilmasini eng zamonaviy texnologik, oʻquv va ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤8🤔1
#Sunʻiy_intellekt #Navoiy_siymosi

Alisher Navoiy siymosi AI nigohida


Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati tomonidan so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan sun'iy intellekt yordamida shoir siymosi gavdalantirildi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤8😁4🤔1
#topshiriq_ijrosi #yigʻilish #vazir

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish masalalari boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi


2-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlari mamlakatda demografik holat, mehnat resurslari, ijtimoiy infratuzilma hamda hududiy rivojlanishni ilmiy asosda rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadbirlar xalqaro standartlar asosida, zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/127042

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👏8👍5🔥1