Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirig‘i_amalda

Buxoro davlat texnika universiteti tomonidan mahallalarning “bosh rejasi” ishlab chiqilmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublika bo‘yicha 903 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Buxoro davlat texnika universitetining bitiruvchi talabalari viloyatdagi 36 ta mahallaga biriktirildi.

Mazkur yo‘nalishda universitetda shtab tashkil etilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarning bosh rejasi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilmoqda. Hozirga qadar G‘ijduvon tumani, Romitan tumani va Kogon shahridagi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi. Talabalar infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqmoqda.


Bosh rejalar qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, talabalar uchun dual ta’lim asosidagi muhim amaliy tajriba maktabi vazifasini o‘tamoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍13🤔4🔥2
AI Alliance Uzbekistan — kelajak texnologiyalariga yo‘l ochuvchi milliy platforma!

O‘zbekistonda AI Alliance Uzbekistan ishga tushirildi. Ushbu platforma sun’iy intellekt sohasida ta’lim, biznes, davlat va xalqaro hamkorlarni yagona innovatsion ekotizimga birlashtiradi.

❓AI Alliance nimalarni taklif etadi?

Platforma quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

➖ Sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyot, ta’lim va davlat boshqaruviga joriy etishni jadallashtirish
➖ Startaplar, IT-mutaxassislar, tadqiqotchilar va yirik kompaniyalar o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish
➖ Xalqaro tashkilotlar va yetakchi ekspertlar bilan strategik sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish
➖ Global forumlar, ko‘rgazmalar va texnologik tadbirlarda O‘zbekiston ishtirokini ta’minlash


Nega bu muhim?

🔹 O‘zbekiston 2030-yilga borib sun’iy intellekt bo‘yicha dunyoning TOP–50 davlatlari qatoriga kirishni maqsad qilgan;
🔹 AI yo‘nalishlari maktablar va universitetlar ta’lim dasturlariga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda;
🔹 Yoshlar va startaplar uchun grantlar, tanlovlar hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengaymoqda

❗️A’zolik va hamkorlik

Agar siz ham AI Alliance Uzbekistan a’zoligiga qo‘shilib, sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishni istasangiz, batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamga murojaat qiling:

🌐 Rasmiy sayt: www.ai-alliance.uz

📞 +998-93-385-36-09

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3
Vazir Turkiy davlatlar xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Turkiy davlatlar xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida vazir universitetning tashkil etilish maqsadlari, taʼlim yoʻnalishlari, boshqaruv modeli hamda moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi. Shuningdek, universitet rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazilib, taʼlim sifatini taʼminlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/127524

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍8👏2🤔1