Guliston davlat universiteti Xitoy bilan strategik ta’lim hamkorligini yo‘lga qo‘ydi
Guliston davlat universiteti delegatsiyasi Xitoyning yetakchi ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan qator muhim kelishuvlarga erishdi.
Northwest A&F University bilan muzokaralar yakuniga ko‘ra, joriy yilda 20 nafar professor-o‘qituvchi Xitoyda malaka oshiradi, talabalar uchun esa Summer Camp dasturlari tashkil etiladi.
Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Tashrif davomida Beifang Automotive Education Group bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, GulDU huzurida xalqaro standartlarga mos avtomobilsozlik yo‘nalishida o‘quv-trening markazi tashkil etiladi, zamonaviy laboratoriyalar yaratiladi hamda qo‘shma o‘quv rejalari joriy qilinadi.
Shuningdek, Tianjin Light Industry Vocational Technical College bilan hamkorlikda universitet negizida “Lu Ban ustaxonasi”ni tashkil etish, qo‘shma konferensiyalar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Northwest A&F University bilan muzokaralar yakuniga ko‘ra, joriy yilda 20 nafar professor-o‘qituvchi Xitoyda malaka oshiradi, talabalar uchun esa Summer Camp dasturlari tashkil etiladi.
Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍6😁2😱1
“Sehrli ranglar” — isteʼdodlar jam boʻlgan ijodiy maydon
Joriy yilning 5–7-fevral kunlari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Sehrli ranglar” Respublika ijodiy tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, kasbiy taʼlim muassasalari hamda maktab oʻquvchilari ishtirok etdi.
Tanlovda respublikaning 14 ta hududidan tashrif buyurgan, 6 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan ishtirokchi “Dastgohli rangtasvir”, “Dastgohli grafika”, “Miniatyura”, “Haykaltaroshlik”, “Amaliy sanʼat” va “Dizayn” yoʻnalishlarida oʻz isteʼdodini namoyish etdi.
Hakamlar hayʼati tomonidan shaffoflik tamoyillari asosida baholandi. Natijada har bir yoʻnalish va yosh toifasi boʻyicha gʻoliblar va Gran-pri sohiblari aniqlanib, tanlov yakunida diplom, kubok, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

❤16👍5🎉4🔥3🥰2
#vazir_va_yoshlar
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida vazir va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
7-fevral kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda talabalar-yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Yoshlar ilgari surgan taklif va tashabbuslar diqqat bilan eshitilib, ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv davomida vazir mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ilmiy salohiyatga ega yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar hamda innovatsion gʻoyalarni amaliyotga joriy etish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, yoshlar bandligini taʼminlash, ularni startap loyihalar va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Jonli va ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda talabalar tomonidan bildirilgan savollarga vazir atroflicha javob berdi.

❤20🔥7😁7😱2🤔1