Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari

Vazir Samarqandda mahallalarni rivojlantirish boʻyicha talabalar loyihalari bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Boltabek” mahallasida boʻlib, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari, magistrlari va yosh tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishdi.

Kattaqoʻrgʻon tumanida “ogʻir” toifaga kiruvchi 9 ta mahalla belgilangan boʻlib, talabalar mahallalar bosh rejasiga doir oʻz gʻoya va takliflarini taqdimotlar orqali namoyish etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/129383

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍7🔥3👏2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xayriddin Sultonovning Navoiy va Bobur haqidagi mulohazalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonov “Kelajak soati” darslari uchun maxsus intervyu berdi. Unda yozuvchi va jamoat arbobining Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi, ijodi haqidagi mulohazalarini tinglang.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: Videokontent oʻrta (5–8) va yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari hamda OTM talabalari uchun tayyorlangan.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
👍13❤9😁2🔥1🤔1
Edu.uz pinned a video
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Pokiston: o‘zaro ishonch va hamkorlik istiqbollari
olimlar nigohida

➡️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘qituvchisi Ibrohim Jo‘raboyev “O‘zbekiston24” telekanalining “Studiya24” dasturida O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik va uning istiqbollari haqida fikr bildirdi;

➡️TDSHU professori Sayfiddin Jo’rayev “O’zbekiston24” telekanalining “Studiya24” dasturida "O‘zbekiston-Pokiston: strategik sheriklik va hamkorlik istiqbollari" mavzusida fikr bildirdi;

➡️Pokistonda O‘zbekiston haqida to‘rtta nufuzli jurnalning maxsus sonlari chop etildi;

➡️TDSHU huzuridagi “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi Shahnozabonu Ahmadovaning O‘zbekiston-Pokiston transport loyihalari yuzasidan munosabati UzAda yoritildi;

➡️TDSHU huzuridagi “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi Odamboy Yoʻldoshevning O‘zbekiston-Pokiston munosabatlari yuzasidan fikrlari UzAda e’lon qilindi;

➡️TDSHU huzuridagi “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi Asqar Odilbekov O‘zbekiston-Pokiston munosabatlari bo‘yicha UzAda fikr bildirdi;

➡️TDSHU Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi tayanch doktoranti Shohjahon Sa’dullayev O‘zbekiston va Pokiston aloqalarining ustuvor yo‘nalishlari xususidagi munosabati UzAda yoritildi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍5
#AlisherNavoiy585

9-fevral – Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

Bugun buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan qutlug‘ sana keng nishonlanmoqda.

Bu yil bobokalonimiz tavalludining 585 yilligi munosabati bilan yurtimizda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Allomaning boy ilmiy va adabiy merosi ona tilimizni ulug‘lash, milliy adabiyotimizni rivojlantirish hamda ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hazrat Navoiy ijodi – milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
❤19👍15🔥4
#Olimlar_minbari
#02-08.02.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Davr talabi yoxud pedagog va sunʼiy intellekt uygʻunligi haqida mulohaza” — Abduvali XOLIQOV, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori;

“Oʻzbekiston-Pokiston: strategik sheriklikning yangi bosqichi” — Sadritdin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

“O‘zbekiston-Pokiston: boburiylar merosidan XXI asrdagi strategik sheriklikkacha” — Sherzodxon QUDRATXOʻJA, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor;

“Taraqqiyot va kelajak sari qadam. Germaniya bilan aloqalar ana shu maqsadga qaratilgan” — Sherzod NEʼMATOV, Qarshi davlat texnika universiteti rektor;

“Mushtarak maqsadlarga yetaklayotgan birdamlik” — Bahodir MAʼMUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Xalq farovonligi yo‘lidagi mustahkam xavfsizlik qalqoni” — Mirzayusuf RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i, professor;

“Umumiy tarixdan mushtarak maqsadlar sari” — Bahodir MAʼMUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Yangi Oʻzbekiston va tinchilik diplomatiyasi” — Ilkka RAYSANEN, Xalqaro Nordik universiteti faxriy professori;

“Turkiy til va milliy g‘urur ramzi” — Turgʻun ZIYAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy doktori;

«Журналистика - 2026: глобальные вызовы и стратегия обновления для Узбекистана» — Нозима МУРАТОВА, проректор Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана;

“Texnologiyani inson yaratadi, boshqarish ham uning qo‘lida” — Muhammadsidiq AMONBOYEV, Xalqaro Nordik universiteti prorektori, professor;

“Daryolarning qurishi ko‘z yoshlarga olib keladi” — Dilorom YORMATOVA, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri, professor;

«Дороже всех богатств, тебе дана Бесценная жемчужина одна» — Гульнора МАНСУРОВА, профессор Ташкентского университета информационных технологий;

“Ta’lim va biznes uyg‘unligi” — Murat IKRAMOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Возвышение тюркской литературы в персидском мире» — Афтандил ЭРКИНОВ, профессор Международной исламской академии Узбекистона;

“Yuridik ta’lim islohotga muhtojmi?” — Ikrom ERGASHEV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Составляя точный портрет общества» — Элёр ЗАИТОВ, заведующий кафедрой Национального университета Узбекистана, доцент;

«Обеспечение прав женщин и гендерного равенства в государственной политике Узбекистана» — Муниса РАЙИМОВА, преподаватель кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

«Самарканд в судьбе поэта» — Собиржон ТОХИРОВ, доцент Самаркандского государственного университета.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov #kelajak_muhandislari

O‘tgan yili yosh muhandislar orasida katta qiziqish uyg‘otgan, g‘oliblari ELEKTROMOBIL bilan taqdirlangan tanlovni eslaysizmi?


Bu yil ham imkoniyat davom etadi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilda “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Eng muhimi — birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar yana elektromobil bilan taqdirlanadi.

🧠 Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
— Eng yaxshi g‘oya;
— Eng yaxshi loyiha;
— Eng yaxshi ixtiro.

👥 Kimlar ishtirok etadi:
40 yoshgacha bo‘lgan
✔️ professor-o‘qituvchilar;
✔️ talabalar;
✔️ amaliyotchi-muhandislar.

Sizning ham kreativ muhandislik loyihalaringiz bo‘lsa, bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Harakatni hozirdan boshlang, ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tez kunda batafsil ma'lumot beriladi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤11👏3
Edu.uz pinned a video
#Navoiy_585

Ulug' shoir xotirasiga ehtirom


Bugun buyuk mutafakkir, benazir shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiyoti namoyandalari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida adabiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ham unda faol ishtirok etib, buyuk ajdodimiz xotirasiga hurmat va ehtirom ramzi sifatda Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Mir Alisher Navoiy o‘zining bebaho ilmiy va adabiy merosi, yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon tamaddunida ham alohida o‘rin egallaydi. Uning asarlari yosh avlodni vatanparvarlik, ezgulik, ma’rifat va komil inson bo‘lib kamol topishga yetaklaydi.

Buyuk mutafakkir merosini chuqur o‘rganish, uni zamonaviy ilm-fan va ta’lim jarayonlariga uyg‘un holda targ‘ib etish bugungi kun yoshlari oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
❤11👍11