Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi xalqaro aloqalarini kengaytirish yoʻlida yangi bosqichga chiqmoqda

2026-yil 12-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ijro ofisi, Milliy fanlar akademiyasi, Fan va taʼlim vazirligi hamda bir qator oliy taʼlim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga markaz faoliyati, jumladan, xalqaro va mahalliy hamkorlik aloqalari, yosh olimlarni saralash tizimi asosida Yaponiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilayotgan qisqa va uzoq muddatli taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yetakchi universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro, qoʻshma va mahalliy loyihalar taqdim etildi.

Delegatsiya vakillari mazkur yoʻnalishlardagi ishlarga katta qiziqish bildirib, hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv davomida malaka almashinuvi, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar hamda trening kurslarini tashkil etish, shuningdek, yangi xalqaro loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, mehmonlar markazda faoliyat yuritayotgan ilmiy laboratoriyalar bilan tanishib, ularning zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangani va tadqiqot imkoniyatlarini yuqori baholadilar. Uchrashuv yakunlariga koʻra, tomonlar kelgusida istiqbolli qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3🔥2
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan “Horizon Europe” doirasida ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda

2026-yil 12–13-fevral kunlari Toshkent shahrida “Horizon Europe” dasturiga bagʻishlangan ikki kunlik anjuman boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi bilan ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.

Anjuman “Horizon Europe” boʻyicha Oʻzbekiston milliy aloqa koordinatori tashabbusi bilan Yevropa Komissiyasining Global Service Facility tuzilmasi hamda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi koʻmagida tashkil etildi. Tadbir Toshkent davlat texnika universitetida oʻtkazilib, unda mamlakatning turli hududlaridan 100 dan ortiq olim va tadqiqotchilar, oliy taʼlim muassasalari vakillari, sanoat sohasi mutaxassislari hamda siyosatchilar ishtirok etdi.

Anjumanning birinchi sessiyasi “Horizon Europe” dasturining 2026–2027-yillarga moʻljallangan ish dasturlariga bagʻishlanib, moliyalashtirish ustuvor yoʻnalishlari, tematik klasterlar va xalqaro hamkorlik mexanizmlari yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi. Tadbirda taʼkidlanganidek, mazkur dasturda ishtirok etish nafaqat moliyaviy imkoniyatlar, balki Yevropa tadqiqotlar hududiga integratsiyalashuv yoʻlidagi muhim strategik qadam hisoblanadi.

#xalqaro_anjuman

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/131700

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍4
Baliqchi tumanida roʻyxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi oʻrganildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi “Koʻl”, “Yakka tol”, “Jasorat” hamda “Sherobod” mahalla fuqarolar yigʻinlarida amalga oshirilayotgan ish jarayonlari oʻrganildi.

Oʻrganish davomida roʻyxatga olish ishlarining tashkil etilishi, jarayonlarning belgilangan talablar asosida olib borilayotgani, shuningdek, masʼul xodimlar faoliyati tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍4🤔4😁2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yagona orzu yoʻlida birlashgan mamlakat

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan dunyoning eng yetakchi telekanallaridan biri "BBC" uchun maxsus videorolik taqdim etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎉7❤5👍1
#Mirziyoyev #yigilish #Andijon #rejalar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va 2026-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Ta'kidlanishicha, viloyatda 11 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda, 94 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, 56 ta texnikumda 46 ming nafar oʻquvchi kasblarga oʻrgatilmoqda. Oliygohlardagi ilmiy salohiyatni oshirish, dual taʼlim qamrovini kengaytirish choralari belgilab olindi.

Tibbiyot texnikumlariga til oʻrgatish boʻyicha ilgʻor xususiy taʼlim tashkilotlarini jalb qilib, yiliga 4 mingdan ziyod yoshlarning Yevropa davlatlariga ishlashga borishiga koʻmaklashish tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍9🔥2