Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Kelajak soati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Akademik halollikni oʻzingizga qonun sifatida qabul qilib oling” – Qoʻngʻirotboy Sharipov

“Kelajak soati” loyihasining navbatdagi mehmoni – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov. Vazir talabalarga murojaat qildi va akademik halollik nima ekanligi, ilmiy ish yozishda uning qoidalariga amal qilish lozimligiga toʻxtaldi.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: Videokontent OTM talabalari uchun tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
2👍33❤19🔥5🤔3😁2
Edu.uz pinned a video
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova TerDU faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍50❤19🔥4😱2🎉1
#UrDU_90yoshda

Urganch davlat universitetining 90 yilligi keng nishonlandi


14-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tashkil topganining 90 yilligi munosabati bilan tantanali marosim hamda Universitet tarixi muzeyining ochilishi o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari yetakchilari, hamkor tashkilotlar mas’ullari, taniqli davlat va jamoat arboblari, shuningdek, universitetning xorijdagi hamkor oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda oliygoh jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar universitetning 90 yillik boy va sharafli tarixiga, uning mamlakatimiz ilm-fani va ta’lim tizimidagi o‘rni hamda nufuziga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Ta’kidlanganidek, oliygoh o‘tgan davr mobaynida minglab yetuk mutaxassislarni tayyorladi. Bugungi kunda ushbu oliygohni tamomlagan bitiruvchilar nafaqat yurtimizda, balki dunyo boʻylab oʻz faoliyatlarini olib bormoqdalar.


Yubiley munosabati bilan bir guruh professor-oʻqituvchilar munosib taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍20🔥6👏3🥰2
#talabalar_yutuqlari #chempionlarimiz #faxrimiz #sport

Buxoro davlat universiteti talabasi Yevropa kubogi chempioni boʻldi!

Sloveniya poytaxti Lyublyana shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan nufuzli Yevropa kubogi musobaqasida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 3-bosqich talabasi Dilshodbek Hamroyev -66 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi hamda Yevropa kubogi chempioni degan sharafli nomga sazovor boʻldi.

Murosasiz va shiddatli bellashuvlar, yuksak texnika, matonat va mustahkam iroda tufayli erishilgan ushbu gʻalaba sportchimiz tomonidan olib borilgan tizimli tayyorgarlik hamda ustoz-murabbiylar mehnatining yorqin samarasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Dilshodbek Hamroyevning ushbu yutugʻi yurtimiz yoshlari uchun munosib namuna boʻlib, mamlakatimizda sportga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤8🔥1
#Olimlar_minbari
#09-15.02.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“O‘zbekiston-Ozarbayjon: istiqbolli hamkorlikning yangi bosqichi” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;

«Узбекистан-Пакистан: от наследия Бабура к стратегическому партнерству в XXI веке» — Шерзодхон КУДРАТХОДЖА, ректор Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана, профессор;

“O‘zbekiston-Pokiston: kelishuvlardan sezilarli natijalarga” — Qalandar ABDURAHMONOV, Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik;

“Oʻzbekiston va Turkiya: strategik sheriklikni mustahkamlash yoʻlida” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

“O‘zaro hurmat va ishonch – ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ko‘prik” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori;

“Yagona raqamli migratsiya” platformasi yaratiladi” — Nargiza ABDULLAYEVA, Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori;

«Нетерпимость к притеснению: как республика укрепляет защиту женщин» — Хуршида АБЗАЛОВА, профессор сектора Ташкентского государственного юридического университета;

«Создание безопасной среды в махаллях – приоритетная задача» — Рустам ЗУФАРОВ, профессор кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

“Boburnoma” – mukammal ensiklopedik asar” — Lyubov QO‘CHQOROVA, O‘zbekiston milliy universiteti professori;

«Правовое регулирование государственно-частного партнерства в сфере культурного наследия Узбекистана» — Нурилло ИМОМОВ, заведующий сектором Ташкентского государственного юридического университета, профессор;

«Экологические технологии – основа устойчивого развития и вклад в защиту окружающей среды» — Азамжон ЗАКИРОВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;

«Национальные ценности – опора идентичности в эпоху перемен» — Гузалхон АХМЕДОВА, профессор Ташкентский государственный юридический университет;

“Uchinchi Renessans poydevori – tub burilish davri. Keyingi oʻn yil ichida Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar” — Goʻzalbegim RAHIMOVA, “Diplomat University” dotsenti, DSc;

“Mafkuraviy tahdidlarga ma’naviy qalqon” — Azizbek AMONOV, Buxoro davlat universiteti dotsenti;

«Где пролил пот усердья человек, пожнет плоды бессмертья человек» — Мухлиса МУХИТДИНОВА, доцент Ташкентский государственный экономического университета;

«И стало cлово достоянием народа» — Нилуфар ДУСТМАМАТОВА, и.о. доцента Ташкентского государственного педагогического университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои;

«Политика заботы и политика слова: путь к доверию социальным реформам» — Шахобжон КУБАТОВ, и. о. доцента кафедры Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана;

“Akademik boshqaruv: yangi kengash nimasi bilan ahamiyatli?” — Umid SOBIROV, Toshkent davlat yuridik universiteti tadqiqot markazi ilmiy xodimi;

“Millat taraqqiyotini ko‘zlab” — To‘lqin ABDURAYIMOV, Toshkent davlat agrar universiteti mas’ul xodimi;

“Tarixiy haqiqat tiklanmoqda” — Yulduz ZAYNIYEVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3🎉2🤩2🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Turkiyaning Ege universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi


2026-yil 16-fevral Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻrotboy Sharipov Turkiya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Ege universiteti rektori, professor, doktor Musa Alji boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar oliy taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/132909

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤12😁2🤔1