Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Dushanbe shahrida Oʻzbekiston va Tojikiston rektorlarining uchinchi forumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi


17-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov hamda Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari Lutfiya Abduxoliqzoda oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumini tashkil etish masalalarini muhokama qilishdan iborat boʻldi. Xususan, forumni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan dastur va konsepsiya yuzasidan fikr almashildi.


Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/133825

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍8😁4👏2
#xalqaro_hamkorlik

“Ogʻir” mahallalar uchun master rejalar: talabalar amaliyotga jalb etiladi va treninglar tashkil etiladi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov 17-fevral kuni Jahon banki vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda vazirlik mutasaddilari, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mutaxassislari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi ham ishtirok etdilar.

Uchrashuvda “ogʻir” mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan master rejalarni ishlab chiqish jarayoniga oliy taʼlim tashkilotlari talabalarini jalb etish, ular oʻrtasida respublika miqyosida tanlov tashkil etish hamda maxsus oʻquv-amaliy treninglar oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/133827

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍15🤔2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan ta'minlanadi


Hukumatning 2026-yil 17-fevraldagi 65-son qarori bilan “Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta'minlash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, quyidagi mas'ullar tomonidan xarid uchun ariza amalga oshiriladi:

🔹 ilmiy loyihada – loyiha rahbari;

🔹 ilmiy mavzuda – ilmiy bo'linma rahbari yoki ilmiy-tadqiqot dasturida tegishli ilmiy mavzuga rahbarlik qilishi belgilangan shaxs;

🔹 dissertatsiya tadqiqotida – doktorantlarning ilmiy rahbari yoki o'zaro kelishilgan holda ilmiy daraja va unvonga ega bo'lgan doktorantlar biri.

⏭️ Arizada ilmiy faoliyat yo'nalishlarini ko'rsatgan holda markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid usullaridan birini amalga oshirish ko'rsatiladi.

✔️ Ariza, maxsus axborot tizimida ma'lum bir ilmiy faoliyat yo'nalishidagi tadqiqotni bajarishga mas'ul tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach, yuboriladi.

⌛️ Agentlik qabul qilingan arizalar bo'yicha shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida belgilangan talablarga muvofiqligini ko'rib chiqadi.

📁 Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ma'qullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/134137

👉🏻 PDF shaklida yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍4
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston-Italiya rektorlari Ikkinchi forumi boshlandi


Ayni paytda Italiya poytaxti Rim shahrida joylashgan Roma Tre universitetida Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining Ikkinchi forumi oʻz ishini boshladi.

“Italiya va Oʻzbekiston oʻrtasida innovatsiyalar hamda akademik hamkorlik: bugungi holat va kelajak istiqbollari” mavzusida oʻtayotgan anjumanda ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, Italiya davlat va xususiy universitetlari assotsiatsiyasi (CRUI) hamda yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤11🔥1
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik
—
Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍9🔥8
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Rimda Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi


18-fevral kuni Italiya poytaxti Rim shahridagi Roma Tre universitetida Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi. Ilmiy-innovatsion hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan ushbu anjuman ikki mamlakat akademik doiralari oʻrtasidagi muloqot va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.

Tadbirning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Italiya universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish milliy agentligi direktori Baxtiyor Yoʻldashev, Roma Tre universiteti rektori professor Massimiliano Fioruchchi, Italiya davlat va xususiy universitetlari assotsiatsiyasi (CHRUI) prezidenti professor Laura Ramachiotti, shuningdek, ikki mamlakat oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Forumda soʻzga chiqqan vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, bugungi kunda ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan, texnologiya, madaniy almashinuv, turizm va iqtisodiy hamkorlik yoʻnalishlarida keng qamrovli aloqalar rivojlanmoqda.

Vazir, shuningdek, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Piza universiteti filiallari Oʻzbekiston–Italiya taʼlim hamkorligining amaliy namunasi ekanini, soʻnggi ikki yilda 100 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar Italiya oliygohlarida stajirovka oʻtaganini, mamlakatimizda esa 750 nafardan ziyod talabalar italyan tilini oʻrganayotganini taʼkidladi.


Tadbir davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi qoʻshma ilmiy tanlov natijalari taqdim etildi. Mazkur tanlov 2025-yil yanvar oyida eʼlon qilinib, zamonaviy ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy salohiyatni oshirish hamda xalqaro ilmiy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan.

Tanlov doirasida 199 ta taklifdan eng yuqori ball toʻplagan 10 ta eng yaxshi qoʻshma ilmiy loyiha Oʻzbekiston–Italiya Qoʻshma boshqaruv qoʻmitasi tomonidan moliyalashtirish uchun tanlab olindi. Ushbu loyihalar ikki mamlakatning yetakchi oliygohlari va ilmiy markazlari oʻrtasida amalga oshiriladi


Shuningdek, Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari oʻrtasida yangi ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍10😁2🤔2😱1