Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Janubiy Koreyada xalqaro malaka oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang

WorldSkills Uzbekistan tomonidan quyidagi 10 ta kasb bo‘yicha mutaxassislar Koreya Respublikasiga 20 kunlik malaka oshirishga yuboriladi.

Tanlangan kasblar:
Mechanical Engineering CAD — Mashinasozlik CAD
CNC Turning — CNC tokarlik
Plumbing and Heating — Santexnika va isitish tizimlari
Electronics — Elektronika
Web Technologies — Veb texnologiyalar
Beauty Therapy — Go‘zallik parvarishi
Fashion Technology — Moda texnologiyasi
Automobile Technology — Avtomobil texnologiyasi
Refrigeration and Air Conditioning — Sovutish va konditsioner tizimlari
IT Network Systems Administration — IT tarmoq tizimlari

Barcha xarajatlar Kasbiy ta'lim agentligi hamda homiy tashkilotlar tomonidan qoplanadi.

Kimlar qatnashishi mumkin
- 2024–2025-yillarda Koreyaga bormaganlar
- Har bir kasb bo‘yicha: 1 nafar o‘qituvchi + 1 nafar o‘quvchi

Nomzod yoshi: 18-35 yosh

Ro‘yxatdan o‘tish uchun 👉 SARALASH_ANKETASI

Kasbingizni xalqaro darajaga olib chiqing, Janubiy Koreya sizni kutmoqda.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
❤11👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov #MirzoUlugʻbekVorislari

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom
etmoqda!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqasadida har yili o‘tkazib kelinayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

Tanlovda ilmiy-innovatsion g‘oya, startap loyiha yoki amaliy ishlanmalarga ega bo‘lgan 16–25 yoshdagi iqtidorli yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

🔸 Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi;
♦️ Har bir bosqich g‘oliblari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;
🔹 Eng yaxshi loyihalar amaliy qo‘llab-quvvatlanadi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish: 28-fevralga qadar.

👉 https://vorislar.uz/ sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting yoki tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasangiz mas’ullariga murojaat qiling.

Ilmiy g‘oyasi va innovatsion ishlanmasi bor yoshlar imkoniyatni qo‘ldan boy bermasdan, so‘nggi muddatni kutmay tezroq ro‘yxatdan o‘tsin — ehtimol, aynan sizning loyihangiz kelajakni o‘zgartirar!

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99894 324-20-04

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22🤔4👍2
#Dayjest #Yoshlar_kuni

Prezident topshirig‘iga muvofiq, bugun oliy ta’lim muassasalarida “Yoshlar kuni” o‘tkazilmoqda
.

🔵Namangan davlat texnika universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi;

🔵Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida talaba-yoshlar uchun Samarqand shahrida joylashgan tarixiy obidalarga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi;

🔵Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi;

🔵Farg‘ona davlat texnika universitetida dekan va talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi;

🔵O‘zbekiston Milliy universitetida rektor yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi;

🔵Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi;

🔵Namangan davlat chet tillari institutida “O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” mavzusida rahbarlar va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi;

🔵Samarqand davlat universiteti Urgut filialida talaba-yoshlar bilan O‘zbekiston Milliy bankining Urgut filiali rahbari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi;

🔵Farg‘ona davlat texnika universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi;

🔵Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi;

🔵Buxoro davlat texnika universitetida hokim va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi;

🔵Andijon davlat universitetida “Rektor kubogi” musobaqalariga start berildi;

🔵Toshkent kimyo-texnologiya institutida rektor talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi;

🔵Chirchiq davlat universitetida soha rahbarlari iahtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi;

🔵Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sport musobaqalari oʻkazildi;

🔵Andijon davlat pedagogika institutida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi;

🔵Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi;

🔵Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi;

🔵Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar turar joyida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi badantarbiya mashqlari bajarildi;

🔵Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yoshlar bilan suhbat tashkil etildi;

🔵Nukus davlat pedagogika institutida kun munosabati bilan “Talabalar ligasi” musobaqasiga start berildi;

🔵Buxoro davlat pedagogika institutida “Sport – sog‘lomlashtirish” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi;

🔵O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi;

🔵Urganch davlat pedagogika institutida hokim va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi;

🔵Samarqand davlat pedagogika instituti;

🔵Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi;

🔵Qo‘qon universiteti Andijon filialida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi;

🔵Andijon davlat chet tillari institutida “Milliy karaoke” boʻlib oʻtdi;

🔵Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi;

🔵Navoiy davlat universitetida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi;

🔵Qarshi davlat universitetida viloyat hokimi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi;

🔵Toshkent davlat texnika universitetida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi;

🔵Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi;

🔵Buxoro davlat universitetida “Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.


Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👏4👍3
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Shvetsiya: ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi
hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2026-yil 26-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Shvetsiyaning Tadqiqotlar va oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik jamg‘armasi (STINT) ijrochi direktori Andreas Gyotenberg hamda Amerika texnologiya universiteti rektori Said Irandust bilan uchrashdi.

Muloqot uzoq muddatli ilmiy hamkorlik, qo‘shma ta‘lim dasturlari, institutsional salohiyatni mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish mavzulariga bag‘ishlandi.

Xususan:
🔹 Sun’iy intellekt (AI), raqamli texnologiyalar va data-driven innovatsiyalar yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqot tashabbuslarini rivojlantirish;
🔹 O‘zbekiston oliy ta’lim va ilmiy muassasalarini Yevropa tadqiqot hamda innovatsiya ekotizimlariga integratsiya qilish;
🔹 Ilg‘or raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida akademik mobillik va iste’dodlarni tayyorlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🔹 Shvetsiyaning innovatsion tajribasi asosida universitet–sanoat hamkorligining samarali modellarini joriy etish;
🔹 Ilmiy hamkorlik bilan bog‘liq innovatsion-investitsiyaviy sheriklik imkoniyatlarini o‘rganish
masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.


Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining global bilim makonida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish haqida kelishib oldilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍3
#Prezident_topshirigʻi_amalda

Andijon davlat texnika instituti tomonidan mahallalarning “bosh rejasi” ishlab chiqilmoqda


Ayni kunlarda arxitektura va qurilish yo‘nalishlariga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari og‘ir toifadagi mahallalarni rivojlantirish, ularning infratuzilma va shaharsozlik holatini takomillashtirish, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda barqaror bandlikni ta’minlashga qaratilgan bosh rejalarni ishlab chiqishga keng jalb etilmoqda.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Andijon viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan jami 52 ta mahallaga Andijon davlat texnika institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari biriktirildi. Ular tomonidan har bir mahallaning mavjud holati kompleks ravishda o‘rganilib, bosh reja loyihalari ishlab chiqiladi.


Ushbu bosh rejalar doirasida ichki avtomobil yo‘llarini asfaltlash va ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, ko‘cha yoritish tizimlarini yaxshilash, ichimlik suvi, oqova suv, elektr va gaz ta’minoti tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda, qurilish va bino-inshoot obyektlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137072

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1🎉1