Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirig'i #Hayʼat _yigʻilishi #seminar

Bugun Qoʻqon universitetida amalga oshirilayotgan ijtimoiy hamkorlik loyihalari, ehtiyojmand oilalar farzandlarini oʻqitish tajribasi va uni joriy etish mexanizmlariga bagʻishlangan seminar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Qoʻqon shahrida tashkil etilgan mazkur tadbirda respublikadagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etadi.

Mehmonlar universitet infratuzilmasi, zamonaviy oʻquv binolari, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida taʼlim jarayonini raqamlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍9👏2🔥1
#Prezident_topshirig‘i #seminar

Qoʻqon universitetida yoshlar siyosati, zamonaviy taʼlim va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi


Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov kirish soʻzi bilan ochib beradi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Sirojev, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Sport vaziri Adham Ikromov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etdi.

Seminarda 24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarga bagʻishlangan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/138145

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍10🔥5🥰2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #video

Qoʻqon universitetida yoshlar siyosati, zamonaviy taʼlim va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirishga bagʻishlangan seminar boʻlib, qatnashchilar dastlab universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv va ilmiy infratuzilma, zamonaviy auditoriyalar hamda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5😁5😱3🤔1
Talaba chayon zaharini uni nobud qilmasdan oluvchi qurilma yaratdi

Termiz davlat pedagogika instituti Biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Feruza To‘xtamurodova tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion qurilma chayon zaharini uni nobud qilmasdan olish imkonini beradi.

So‘nggi yillarda saraton kasalligi bilan og‘rish holatlari ortib bormoqda. Manbalarda chayon zahri tarkibidagi xlorotoksin moddasi rak hujayralari o‘sishini sekinlashtirishda, neyrotoksinlar esa asab kasalliklarini davolashda qo‘llanishi mumkinligi qayd etilgan. Chayonlar ekologik muvozanatni saqlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Avvallari zahar olingach, chayonlar nobud bo‘lar edi. Feruzaning qurilmasi esa elektrostimulyatsiya usuli asosida bir chayondan bir necha marta zahar olish imkonini beradi. Bu esa biomodda tanqisligini kamaytirish va farmatsevtika sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chayon zahri xorijda 12 ming dollargacha, O‘zbekistonda esa o‘rtacha 5 ming dollar atrofida.

#ilm_innovatsiya #talaba_yutug‘i

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍72👏23❤14🔥13🎉4
#Olimlar_minbari
#23.02-01.03.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Oliy ta’lim barcha uchun ochiq tizimga aylanadi” — O‘ktam SALOMOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari;

“O‘zligini anglayotgan avlod. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbkiston yoshlari uchun betakror, muqobili yo‘q konsepsiyani ilgari surdi” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“Muloqotdan keying o‘ylar…Rektorning yana 20 yashar paytiga qaytish orzusi haqida” — Sherzodxon QUDRATXO‘JA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori;

“Kreativ iqtisodiyot: O‘zbekiston taraqqiyotining yangi drayveri” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori;

“Yoshlar siyosati: Kelajakni bugundan qurish strategiyasi” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

«Узбекистан - США: становление, развитие и глобальная интеграция» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета;

“Yoshlar – mamlakatimizning oltin fondi” — Dilshodbek RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillari instituti rektori;

“O‘zbek ipakchiligi rivojida muhim bosqich” — Baxtiyor NASIMOV, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori;

“Yangi avlod pedagogikasi: ilmiy innovatsiyalar va xalqaro integratsiya” — Feruza MADRAXIMOVA, Urganch davlat pedagogika instituti rektori, professor;

«Интеллектуальный капитал нации: страна делает ставку на поколение исследователей» — Нозима МУРАТОВА, проректор по науке и инновациям Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана;

“Yosh avlodni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kompleks yondashuv” — Gʻofur ABDILAKIMOV, Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti oʻquv-uslubiy boshqarmasi boshligʻi, professor.

«Наука в вузах: показатели растут, а качество?»
— Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам Ташкентского государственного экономического университета;

«Экосистема стартапов: превращая инновации в реальный драйвер экономического роста» — Шаходат РАХИМОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

«Социальная справедливость и укрепление системы соцзащиты — ориентиры Нового Узбекистана» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам Ташкентского государственного экономического университета;

«Экономический рост: курс на устойчивое будущее» — Эдуард ЭГАМБЕРДИЕВ, и.о. профессора кафедры ТГЮУ;

«Безопасная махалля: надзор и обеспечение верховенства закона» — Ахаджон ХАКИМОВ, руководитель Исследовательского центра факультета ТГЮУ; Шохрухбек ТИЛЛАБОЕВ, старший научный сотрудник Исследовательского центра факультета ТГЮУ;

“Aql bilan ishlash davri yoxud g‘aflattan qutilishning besh yo‘li” — Abduxalil MAVRULOV, tarix fanlari doktori, professor;

“Orzuga qanot berayotgan tashabbuslar” — Sanjar SHOQO‘CHQOROV, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤6🔥1👏1