Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirig‘i_amalda

Talabalar ishtirokida “og‘ir” mahallalar uchun master rejalar ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti tomonidan Jizzax viloyatidagi 41 ta “og‘ir” toifaga kiritilgan mahalla uchun master rejalar ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida institutda maxsus shtab tuzilib, mas’ul tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ishchi guruhlar tomonidan mahallalarning hududiy rivojlanish darajasi, infratuzilma holati, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari atroflicha o‘rganilmoqda. Shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, ijtimoiy obyektlar barpo etish hamda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqilmoqda.

Jumladan, G‘allaorol tumani Sovruk MFY hududida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari hamda yuqori bosqich talabalari ishtirokida shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlanib, loyiha taqdimoti tashkil etildi.

Taqdimot davomida hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush sharoitlarini oshirishga qaratilgan quyidagi loyiha takliflari ko‘rib chiqildi:

🔹Sovruk MFY uchun yangi ma’muriy bino qurish;
🔹Savdo va xizmat ko‘rsatish markazini barpo etish;
🔹Mini stadion tashkil etish;
🔹3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish;
🔹Sport va madaniyat zalini barpo etish;
🔹Markaziy ko‘chani asfaltlash;
🔹Yangi ko‘prik qurish.

Shuningdek, mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida mavjud binoni rekonstruksiya qilish orqali unda gilam to‘qish sexi hamda hunarmandlar markazini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Mazkur master reja loyihalari hudud infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍8👏5🔥1
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovini e’lon qiladi.

↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: fakultet, oliy ta’lim muassasasi va mintaqa bosqichi.

🏆Tanlov g‘oliblari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

☑️Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida, yakuniy mintaqa bosqichi esa mart oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

⏺Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥1👏1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etildi


Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3783, 28.02.2026-y.).

📝 Milliy reyting Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan yuritiladi.

✅ Davlat va nodavlat OTTlar quyidagi 4 ta toifa bo‘yicha milliy reytingga kiritiladi:

▪️ amaliy fanlar;
▪️ tibbiyot fanlari;
▪️ ijtimoiy-gumanitar fanlar;
▪️ ijod (sport).

⌛️ Har yili 1-noyabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.

🗒 Bunda, har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma va xalqaro ekspertlar o‘rtasida xalqaro obro’ni baholashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkaziladi.

☑️ Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy so‘rovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu so‘rovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-o‘qituvchilarning kamida 20 foizi so‘rovnomada ishtirok etishi lozim.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥1
Nogironligi boʻlgan abituriyentlar uchun repetitsion test sinovlari tashkil etilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida maxsus maktablar bitiruvchilari uchun diagnostik (repetitsion) test sinovlari real imtihon sharoitiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan holda tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus nogironligi boʻlgan yoshlarning oliy taʼlimga kirish jarayonida teng imkoniyatlarini taʼminlash, ularning bilim va salohiyatini xolis baholashga xizmat qiladi.

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, ayrim abituriyentlarning past ball toʻplashi asosan ikki omil bilan bogʻliq:
✅ bilim darajasining yetarli emasligi;
✅ imtihon tartib-qoidalarini bilmaslik hamda test formatida ishlash koʻnikmasining yetarlicha shakllanmaganligi (ayrim holatlarda asosiy omil).


Shu bois tashkil etilayotgan repetitsion test sinovlari:
✅ oʻquvchilarning bilim va tayyorgarlik darajasini xolis baholash;
✅ imtihon muhiti, tartibi va texnik jarayonlariga oldindan moslashish;
✅ test formatida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish;
✅psixologik barqarorlik va ishonchni mustahkamlash imkonini bermoqda.

Muhimi, sinovlar real imtihon sharoitida oʻtkazilayotgani abituriyentlarda hayajonni kamaytirish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va test materiallari bilan ishlash malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talaba va bitiruvchilarning amaliyot o‘tashi va ishga joylashishga ko‘maklashuvchi yagona raqamli ekotizim — career.edu.uz platformasi ishga tushirildi.

Platforma quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🎓 Talaba va bitiruvchilar uchun:

• Professional rezyume yaratish
• Amaliyot va ishga onlayn murojaat qilish
• Freelance xizmat ko‘rsatish
• AI asosida rivojlanish tavsiyalari
• AI HR bilan interaktiv muloqot

🏢 Ish beruvchilar uchun:

• Vakansiyalarni tez joylashtirish
• AI orqali mos nomzodlarni aniqlash
• Amaliyot jarayonlarini boshqarish

🏛 Ta’lim tashkilotlari uchun:

• Bitiruvchilar bandligini monitoring qilish
• Amaliyot shartnomalarini yuritish
• Ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish

Platforma — ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi raqamli ko‘prikdir.

Bugunoq foydalanishni boshlang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤9🔥1