Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅Elektromobil yutib olishni xohlaysizmi?

Buning uchun sizda:
— yangi g‘oya,
— foydali loyiha,
— yoki haqiqiy ixtiro bo‘lishi kifoya.


Agar muammoni hal qiladigan yoki jarayonni yaxshilaydigan innovatsion fikringiz bo‘lsa — uni “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanloviga taqdim eting.

Eng yaxshi g‘oya, eng yaxshi loyiha va eng yaxshi ixtiro mualliflari elektromobil sohibiga aylanadi.

⏳ Ariza topshirish uchun sanoqli kunlar qoldi.


Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
🌐 https://muhandis.edu.uz

#Kelajak_muhandislari #koʻrik_tanlovi #innovatsiya

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11😁2
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri TDIUda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Bugun, 14-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurib, oliygohda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, jumladan, 550 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi hamda 6000 talabaga mo‘ljallangan, tarkibida IT-laboratoriyalar va biznes inkubatorlarni jamlagan multifunksional yangi o‘quv binosi qurilishi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida vazir va universitet rektori To‘lqin Teshabayev ishtirokida har ikki bino poydevoriga ramziy kapsula qo‘yilib, tamal toshi o‘rnatildi hamda “Akademiklar xiyoboni”da ko‘chatlar ekildi.

Shuningdek, samimiy ruhda o‘tgan talabalar bilan muloqotda Q.Sharipov yoshlarning ilmiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlab, yaratilayotgan ushbu zamonaviy infratuzilma global mehnat bozorida raqobatbardosh, kreativ fikrlaydigan kadrlar tayyorlashda muhim poydevor bo‘lishini alohida ta’kidladi.


Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍33❤16😁7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹

🟣Ayni daqiqalarda Oliy ta'lim tashkilotlari rektorlarining Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29👍9🔥1👏1
#rektorlar #transformatsiya

Samarqandda rektorlar ishtirokida oliy taʼlimni transformatsiya qilish masalasi muhokama qilindi


2026-yil 15-mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida respublika oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan transformatsiya qilishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Sirojev va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov farmon loyihasining strategik ahamiyati, uning oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan yangilashdagi oʻrni hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, mazkur hujjat orqali oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangani taʼkidlandi.

Yigʻilishda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yuldashev hamda vazirning birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov farmon loyihasining asosiy yoʻnalishlari, uni amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil taqdimot qildi. Taqdimotda universitetlar boshqaruvini takomillashtirish, taʼlim sifati baholash tizimini xalqaro talablar asosida rivojlantirish, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlashga qaratilgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Muhokamalar konstruktiv ruhda oʻtdi. Rektorlar tomonidan farmon loyihasida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirish, oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda universitetlarning xalqaro raqobatbardoshligini kuchaytirishga doir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan fikrlar farmon loyihasini yanada takomillashtirish va uning amaliy samaradorligini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤10😁4🤔2😱1