Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#AQSh_talabalar_Oʻzbekiston

Oliy Majlis Senatida AQShda tahsil olayotgan xalqaro talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


2026-yil 16-mart kuni Oliy Majlis Senatida AQSHning nufuzli ta’lim muassasasi – Garvard universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Senat Raisi Tanzila Narbayeva hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida mamlakatimizda iqtisodiyot, ta’lim va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/143362

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍2🥰2😱1
“O‘zbekiston–Xitoy sanoat korxonalarida texnologik hamkorlik: innovatsion va raqamli yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Huansi Intelligent Technology Co., Ltd kompaniyasi hamkorligida “O‘zbekiston–Xitoy sanoat korxonalarida texnologik hamkorlik: innovatsion va raqamli yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/143430

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'qiqlangan dori vositalarini tekshiruvchi bot ishga tushdi

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan psixotrop va noqonuniy dori vositalarining tarqalishini oldini olish, shuningdek, aholining bu boradagi xabardorligini oshirish maqsadida @Psixotrop_moi_bot ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Bot qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi botga ma'lum bir dori vositasi haqidagi ma'lumotni yuboradi. Tizim esa:
— O‘zbekiston hududida ta'qiqlangan yoki ta‘qiqlanmagani;
— psixotrop ta‘sirga egaligi;
— inson salomatligiga ta’siri;
— qonunchilikdagi maqomi va boshqalar haqida aniq ma’lumot beradi.


❗️Nega bu muhim?
Bugungi kunda ayrim dorilar yoshlar orasida noto‘g‘ri maqsadda iste’mol qilinmoqda. Ko‘pchilik ularning aslida qanday ta’sirga ega ekanini bilmaydi. Mazkur bot aynan shunday muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

🤷‍♂️ Talabalar uchun foydali:
— Tengdoshlari orasida shubhali holatlarni aniqlash;
— Do‘stlari, oila a‘zolari yoki tanishlari tomonidan iste’mol qilinayotgan vositalarni tekshirish;
— o‘z salomatligini himoya qilish imkonini beradi.

⏯️ Yuqoridagi videoda botning ishlash tartibi va imkoniyatlari haqida mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumot berilgan.

🛑Noma’lum dori vositalarini tekshirmasdan qabul qilmang. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4🔥3
#tanishtiruv

Urganch davlat universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi


Bugun, 17-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari S.Rajabov, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda vazirning birinchi o‘rinbosari S.Rajabov tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Madraximova Feruza Ro‘zimboyevna Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangani jamoaga rasman e’lon qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/143440

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤14😁1🤔1😱1